Sang, olam seniki. Kamtar bo’l, chunki


TO'LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR


Download 37.4 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2024
Hajmi37.4 Kb.
#1817756
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Konspekt Ergashgan qo\'shma gap 2011

TO'LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR

Bosh gap tarkibida to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to'ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To'ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.


Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe'llar bilan ifodalanadi va to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa to'ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba'zan bosh gapning to'ldiruvchisi vazifasidagi ko'rsatish olmoshi qo'llanmasligi mumkin, ammo uning o'rni bilinib turadi.
== Shu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog' tog' bilan uchrashmaydi.
== Kimki bo'lsa dilozor, undan el-u yurt bezor.
== Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring.
== Bilingki, jim turib salomat bo'lish gapirib malomatga qolishdan afzal. (Shuni bilingki…)
== Shundan ehtiyot bo'lingki, birovning ota- onasini haqorat qilgan odam o'zining ota-onasini ham haqoratlagan bo'ladi.


ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI
QO'SHMA GAPLAR

Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi.


Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so'zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Birinchi holatda ergash gap bosh gapdan oldin, ikkinchi holatda keyin keladi.
Ba'zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan shunday, shunaqa kabi so'zlar qo'llanmasligi mumkin, ammo ularning o'rni bilinib turadi.


== Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar
== Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro’yi
baland bo 'ladi.
== Katta arava qaysi yo'ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo'ldan yuradi.
== Men senga shunday narsalar keltirayki, ularni tushingda ham ko'rmagansan.
== Odam borki, odamlarning naqshidir.
== Bironta ayol yo’qki, taqinchoqqa qiziqmasa.
== Hech bir zot ma’lum emaski, shoirlikda Navoiyga bas kela olsa.
Download 37.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling