Sangilova setora 5141600-boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish kunduzgi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun boshlang’ich sinf ona tili
-sinf Ona tili darsidan 1-soatlik dars reja-ishlanmasi
Download 0.66 Mb.
|
Guliston davlat universiteti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish qismi.
4-sinf Ona tili darsidan 1-soatlik dars reja-ishlanmasi.Mavzu: Gapning uyushiq bo’laklari I Asosiy qism. Gapning uyushiq bo’laklari xaqida ma’lumot. Uyushig’ bo’laklarning turini anig’lashga doir o’yin. Uyushiq bo’laklarga doir mashq bajarish. Kirish qismi.Salomlashish. Davomat. Sana, dars Sinf tozaligi. O’quv qurollarini tekshirish. Dars tipi; yangi mavzuni bayon qilish va mustaxkamlash.Darsning jixozi; mavzuga tegishli kartochkalar, kitob, testlar. savol bo’yicha o’qituvchining maqsadlari; O’quvchilarga gapning uyushiq bo’laklari xaqida ma’lumot berish 259-mashq asosida o’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish. 1-savol bo’yicha o’quvchilar bajaradigan vazifalar. Uyushiq bo’laklarning ta’rifini keltiradilar va tushunchalarini birorta misol keltirish bilan ifodalab beradilar. 259-mashqning shartida ko’rsatilganlariga to’la amal qilgan xolda bajaradilar. 1-savol bo’yicha o’qituvchining bayoni; Mana, aziz o’quvchilar biz o’tgan ona tili darslarimizda bog’lovchilar bilan tanishdik va ularga doir mashqlar bajardik. Bog’lovchilar mavzusini yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib oldik, shundaymi? Endi bugun biz sizlar bilan yangi mavzu o’tamiz. Qani daftarlaringni ochib sanani yozinglar. (Men doskada yozaman) Endi tagidan mavzu deb yozinglar. Mavzu; Gapning uyushiq bo’laklari. Qani hamma yozib bo’ldimi? Yozib bo’lgan bo’lsalaring daftarlaringni yopib, ruchkalaringni qo’yinglar. Diqqat bilan g’uloq solinglar. Hozir men sizlarga bitta gap aytaman. Bahor kelishi bilan bog’-dalalar, qir-adirlar ko’m- ko’k maysalarga burkanadi. Mana shu gapimizdan bog’-dalalar, qir-adirlar qanday so’roqqa javob bo’layapti? (Nimalar) Demak, Xar ikki so’zimiz bir xil so’roqqa javob bo’layapti, shundaymi? (Ha) qani Sardor, yana shunday bir so’roqqa javob bormi? (yo’q) Demak, bog’- dalalar, qir-adirlar so’zi bir xil so’roqqa javob bo’lib uyushib kelayapti. Mana endi ta’rifni keltirib chiqaramiz. Demak, gapdagi bir xil so’roqqa javob bo’lgan bo’laklar uyushiq bo’laklar deyiladi. Qaytaraman (yana bir marta qaytaraman). Uyushiq bo’laklar sanash oxangi bilan o’qiladi, yozvda ular orasiga vergul qo’yiladi. Masalan; Bahor keldi elimizga Ko’m-ko’k bo’ldi bog’, dala Misolni doskaga yozaman. Uni hamma daftariga ko’chirib oladi. Endi mana gapimizdan uyushiq bo’laklarni aniqlashtirib olamiz. Qani, bir xil so’roqqa javob bo’ladigan so’zni topinglar-chi? Qani, Obidjon (bog’, dala). To’g’ri. qani so’roq berib ko’ringchi (nima?) To’g’rimi bolalar? (to’g’ri) Endi hammamiz kitobimizning 180-betini ochib 359-mashqqa qaraymiz. Hammamiz topdikmi? (Ha). Unday bo’lsa mashqning shartini o’qiymiz. O’qing. Ajratilgan so’zlarni sanash ohangi bilan qayta o’qing. Har bir gapning ega va kesimini ko’chirib, ularning tagiga tegishlicha chizing. Umida buvisining oldiga chopib borib salom berdi, qo’lidagi tugunchani oldi. Musicha uylarning bo’g’otiga va daraxtlarga in qo’yadi. Qishlog’imizda bir necha chiroyli uylar qurildi. Papka ichra uchrashib, Ruchka qalam o’chirgich, Rosa suxbat qurishdi. Bir bug’doy boshog’i, Hovuch-hovuch don U menga va senga Shirin, totli non O’quvchilar gaplarni bitta-bitta o’qiydilar va ajratib ko’rsatilgan so’zlarni sanash ohanggi bilan qayta o’qiydilar. Keyin gaplarning esa ega va kesimlarini yozib, tagiga tegishlicha chizib qo’yadilar. Umida salom berdi, tugunchani oldi. Musicha in qo’yadi. Uylar qurildi. Ruchka, qalam o’chirgich suhbat qurishdi. 1-savol yuzasidan nazorat topshiriqlari. Qanday bo’laklar uyushiq bo’laklar deyiladi. Uyda qanday gap keltirilgan? Bugun darsda Muattar, Jamila va Halimalar faol qatnashmadi. bog’lovchili. uyushiq bo’lakli. S) ham boqlovchili, ham uyushiq bo’lakli. Uyushiq bo’laklar qanday ohang bilan o’qiladi? Yozuvda ular orasiga qanday tinish belgisi qo’yiladi..? savol bo’yicha o’qituvchining maqsadlari. O’qituvchilarda 360-mashq orqali uyushiq bo’laklarni tez va aniq topa olish ko’nikmasini shakllantirish. Mehnat tarbiyasining ayrim sifatlari bilan tanishtirish. 2-savoldan kelib chiqib o’quvchilar bajaradigan vazifalar. 360–mashqning shartiga amal qilgan xolda to’la bajaradilar. O’zlari bajaradigan foydali ishlarni aytib beradilar. 2-savol bo’yicha o’qituvchining bayoni. Endi 360 –mashqning shartini Go’zal o’qiydi. O’qing ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’roq bering, ularni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring. Cho’lquvarlar va ularning izdoshlari taqir cho’lni yashnatdilar. Bolalar danakning, moyidan va unidan davo bo’luvchi dorilar tayyorlanadi. Nozikkina, chiroylikkina bir kapalak bor ekan. Ukun bo’yi guldan-gulga qo’narkan va sharbat yig’arkan. 4 ta o’quvchi bittadan gapni o’qiydi, ajratilgan so’zlarga so’roq beradi va ularga o’zi bog’langan so’z bilan birgalikda doskada yozadi, qolganlari daftarga yozadi. Chulquvarlar va ularning izdoshlari yashnatdilar. Danakning moyidan va unidan. Nozikkina, chiroylikkina kapalak guldan-gulga qo’narkan va sharbat yig’arkan. Mana o’quvchilar bizning shahrimiz nima deb ataladi? (Guliston) ha to’g’ri, lekin ilgari Mirzacho’l deb atalgan, chunki oldin huddi shu yashab turgan joyimiz cho’li-biyobon bo’lgan. Mana cho’lquvar amakilarimiz, tog’alarimizning sa’yi-harakatlari tufayli Mirzacho’l bugungi Gulistonga gullar shahriga aylandi. Bulrning zamirida nima yotibdi? (Mehnat) Demak, har birimiz kuchimiz etganicha qo’limizdan kelganicha mehnat qilamiz va qilishimiz kerak… savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: O’quvchilarning yozma va og’zaki savodxonligini oshirish, fikrlash qobiliyatini o’stirish. Hozir o’quvchilar biz sizlar bilan 1 ta qiziqarli o’yin o’ynaymiz. Hozir men doskaga bitta so’z yozaman. Mana shu so’zdan sizlar bir xil so’roqqa javob bo’ladigan boshqa so’zlarni ajratib yozasizlar. Kim tez, to’g’ri va ko’p yozish. Men keyin tekshirib chiqaman. 1.2.3 o’rinni olgan o’quvchilarga sovg’a bor. Doskaga O’zbekiston so’zini yozib qo’yaman va tartibini tushuntiraman. Ega Kesim Kim ? Nima? kes o’zbek kon, son tik bek ko’z, zeb sot sobit ot, tozi bot kosib o’t, tas os zebo beton, tok ot zobit tobe, pok o’t bet, nos bos kitob, nizo 5-minutdan keyin o’yin to’xtatiladi. Men tez-tez tekshirib chiqaman, o’rinlarni aniqlab sovqani e’lon qilaman. 1- o’ringa 1 ta daftar. o’ringa 1 ta ruchka. o’ringa 1 ta qalam. Keyin darsda faol qatnashgan o’quvchilarning xarakatlariga qarab baholayman va qo’ygan baholarimni izohlab beraman. So’ngra, uyga vazifani e’lon qilaman. 361-mashq deb doskaga yozib qo’yaman. O’quvchilar o’z daftarlariga yozib oladilar. 361-mashq. Gaplarni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan so’zlar orqali so’roq berib, ularga bog’lanib kelgan uyushiq bo’laklarni aniqlang. Feruza shabnamda qiyg’os ochilgan atirgullar ustiga egildi to’yib-to’yib hidladi. Uzoqdan yaylovlar, qirlar, daryolar, tog’lar ko’rinardi. Bulbullar, maynalar jarangdor tiniq ovozda kuylashadi. Egalari uyushib kelgan gaplarni ko’chirib, egani tagiga bir, kesimning tagiga ikki chiziq chizing. O’quvchilarga vazifaning shartlarini tushuntirib, dars tugaganini e’lon qilaman. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling