Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


Download 0.85 Mb.
bet24/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari

6.2.Konsentratsiyalashtirish, uning mohiyati va ahamiyati


Ishlab chiqarishnig konsentratsiyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologik, tashkiliy xo‘jalik va korxonalarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi.
Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori darajaga hamda ma’lum xildagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‘ini ko‘paytirishdir. Bu jarayon sanoatning yetakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, ximiya, yoqilg‘i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli.
Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, metallurgiyada - cho‘yan, po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to‘qimachilikda - yigirish, to‘qish, bo‘yash, mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, yig‘uv jarayonlarining mujassamlashishi.
Korxonalarni va ularning tarkibidagi sex va uchastkalarni yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko‘paytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi.
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • yuqori unumli texnika va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va ulardan foydalanish imkoniyatlarining ko‘pligi;

  • ishlab chiqarish fondlaridan oqilona va samarali foydalanish;

  • hodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi;

  • sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fan-texnika yutuqlarini, o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan quvvatli konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laborotoriyalari, byurolarini tashkil etish imkoniyatlar;

  • mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat ko‘rsatish harajatlarining pastligi va hokazo.



6.3. Mahalliylashtirish: uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ‒ oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish tadbirlari ahamiyatli o‘rin tutadi.
Mahalliylashtirish jarayonlarini kuchaytirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada rag‘batlantirish maqsadida “Mahalliylashtirish dasturi”ga loyihalarni kiritishning maqsadga muvofiqligini baholashga qo‘yiladigan quyidagi yagona mezonlar va talablar majmui ishlab chiqilgan:

      • iqtisodiyot vazirligining xulosasiga ko‘ra mamlakat sanoatini rivojlantirishning asosiy ustuvorliklariga muvofiqlik;

      • mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun quvvatlar va xom ashyo resurslarining mavjudligi;

      • mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich oshirib borilgan holda ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 12 oy mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasining kamida 30 foizga yetishi;

      • TIF TN kodi bo‘yicha pirovard mahsulot tovar pozitsiyasi boshlang‘ich xom ashyoga taqqoslaganda kamida birinchi 4 belgilardan biri darajasiga o‘zgarishi ta’minlanishi;

      • mahalliylashtiriladigan mahsulotning sotish narxi ana shunday import qilinadigan mahsulot narxidan yuqori bo‘lmaganda loyihaning iqtisodiy o‘zini qoplashi (O‘zbekistongacha bo‘lgan transport sarf-harajatlari, bojxona va soliq to‘lovlari hisobga olingan holda);

      • Iqtisodiyot hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarining xulosalariga ko‘ra mahalliylashtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabning mavjudligi;

      • mahalliylashtiriladigan mahsulotga nisbatan xalqaro standartlar bo‘yicha ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab 18 oy mobaynida sifatni boshqarish tizimi joriy etilishi.

Shuningdek, mamlakatimizda oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling