Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 kirish


Download 0.85 Mb.
bet25/49
Sana17.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1526165
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
3.O\'quv materiallari

6.4. Ixtisoslashtirish, uning mohiyati, ahamiyati va mazmuni


Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish xilma-xil mahsulotlarni, ularni ishlab chiqarishning turli bosqichlarini bir biridan ajralib chiqishi tufayli yangidan yangi ko‘pgina ishlab chiqarish sohalarining vujudga kelish jarayonidir.
Alohida ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar bir xil yoki bir turli mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga erishganlar hamda maxsus, o‘ziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlar bilan ajralib turgan va turishi mumkin.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashtirishning eng birinchi va elementar shakli sanoatning boshlang‘ich shakli bo‘lmish hunarmandchilik bilan birga vujudga keldi. Mehnat taqsimoti asosida rivojlanayotgan tovar xo‘jaligi ishlab chiqarishning universalizmini yemirib tashladi.
Korxonalarning ixtisoslashuvi - ularda mukammalroq texnika va texnologiya, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llashni yengillashtiruvchi turdosh mahsulot ishlab chiqarishni mujassamlashtirish jarayonidir.
Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ixtisoslashtirish, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojalanishiiga yordam beradi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchining juda keng miqyosda birlashtirilishi hozir iqtisodiy zaruriyat bo‘lib koldi. Hozirgi zamon texnika taraqqiyotining muhim omillari — elektronizatsiyalash, kompleks avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va joriy etish, ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, bio-nano texnologiyalarni vujudga keltirish ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sanoat korxonalarining ishini eng ratsional, oqilona tashkil etish hisoblanib, binolardan, jihoz va asbob-ukunalardan, materiallardan bekami-ko‘st foydalanishda, fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qo‘llashda, mehnat unumdorligini oshirishda, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish harajatlarini tejashda katta samara keltiradi.
Korxona bo‘limlarining ixtisoslashuvi ayrim sexlar, uchastkalar, ish joylarining ayrim mahsulotlar ishlab chiqarishga va jarayonlarni bajarishga ixtisoslashuvida ifodalanadi.
Sanoatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonining quyidagi shakllari keng tus olgan:

  • birinchi, eng oddiy va keng tarqalgan shaklli buyumlar bo‘yicha ixtisoslashtirish. Uning bunday shakli korxonalarni texnologik jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan va cheklangan miqdordagi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashtirishdan iborat;

  • ikkinchi, detalli ixtisoslashtirish, ya’ni buyum yoki mahsulotning bir qismini, uzel detalini (masalan, motor, reduktor, karbyurator, porshen, gilza, kuzov, bunker va x.k.larni) ishlab chiqarish;

  • uchinchi, texnologik ixtisoslashtirish. Bu ixtisoslashtirishning eng oliy shakli bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining ma’lum operatsiyalarini bajarishni o‘zida mujassamlashtiradi.

Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisoslashishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo‘yicha ixtisoslashish - ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari uchun mashinalar ishlab chiqarishning mujassamlashuvi yo‘nalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o‘rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqiyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishning tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni yetkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalar tashkil etilishini taqozo etadi.
Qismlar yoki mahsulot bo‘laklarini ishlab chiqarish bo‘yicha korxona va tarmoqlarga sharikopodshipniklar, porshen ishlab chiqaruvchi zavodlar, karbyurator zavodi, reduktor, asbob-anjomlar, quyma, ehtiyot qismlar, televizor transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori bosimli nasoslar, divan-krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab chiqarish misol bo‘la oladi. Masalan, sharikodshipniklar, porshenlar, reduktorlar, motorlar va boshqalar tayyorlaydigan turli jarayonlarga tashkiliy jihatdan bo‘linishi mumkin.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling