Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.56 Mb.
bet60/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

T.Kumpans, J.Dansig (AQSh) va boshqalar bilan birga resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishga oid iqtisodiy masalalarni hal qilishga imkon beruvchi nazariyani yaratdi.
Lekin shuni alohida ta’kidlab o'tish kerakki, sobiq SSSRda bu yo‘nalish, ayniqsa, kibemetika, elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanishga mafkuraviy tus berildi, kibernetika, genetika fanlari buijua manfaatlari uchun xizmat qiladigan soha deb qaraldi, bu soha olimlari tazyiq ostiga olindi. Faqat keying! yiliarda bu xatolik to‘g‘rilandi va ekonometrika faniga e’tibor kuchaydi.
Ekonometrikaning muhim xususiyati shuki, u ham ilmiy, ayniqsa, amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqtisodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo‘yicha sikl modellari ishlab chiqilmoqda va amalda qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, AQShda bu sohada muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. L.Kleyn va A.Goldberger AQShning (1929-52 yillar) mukammal modelini tuzib chiqdilar. Kvartal, yillik, besh yillik va boshqa modellar mavjud.
Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli (1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll, E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembridj modeli (1960-70 yillar) ham diqqatga sazovor.
Ekonometrik modellashtirish Yaponiya, Fransiya, Niderlandiya va Norvegiyada keng qo‘llaniladi va iqtisodiy prognozlashtirishda bevosita foydalaniladi. Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda amerikalik iqtisodchi (asli rossiyalik) V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarajat - chiqarish» modeli nomi bilan ma’lum. 1973-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan

  1. Leontev (1906-1999) metodi iqtisodiyotda bir mahsulotning boshqa turdagi mahsulot bilan to‘ldirilishi jarayonlarini tadqiq qilishga yo'naltirilgan. U 1941-yil «1919-29-yillarda «Amerika iqtisodiyotining strukturasi» kitobini nashr qildi va unda o‘z_uslubini taklif etdi. Hozirgi davrda deyarli barcha mamlakatlarda «xarajat - chiqarish» jadvallari mavjud. Bu metod ayniqsa, prognozlash, kelajakni aniqlash borasida qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, turli sharoitlarda (agar unday yoki bunday bo‘lsa...) iqtisodiy siyosat oqibatlari taxmin qilinadi va shunga xos taktika, strategiya ishlab chiqiladi.

Keyingi yillarda iqtisodiyotda prognoz va kelajak masalalari muhim bo‘lib qolmoqda va futurologiya («kelajak» degani) nazariyalari vujudga kelmoqda. Bu borada turli soha mutaxassislari D.Bell, J.Ellyul, G.Kan, L.Martel, V.Braun, R.Xeylbroner]aming g‘oyalari diqqatga sazovordir. Ular 200 yildan keyin bo‘ladigan (superindustrial) jamiyat to‘g‘risida optimistik fikr yuritmoqdalar. Shu bilan birga pessimistik, tashvishli va halokatli prognozlar ham bor (E.Fromm, O.Toffler), global, umumbashariy o‘zgarish!ar oqibati halokatli bo‘lishi ham taxmin etilmoqda. Rim klubi va V.Leontevning muailiflar bilan birga bildirgan fikrlari «Jahon iqtisodiyoti kelajagi» (1979) kitobida aks etirilgan bo‘lib, unda hozirgi zamon qarama-qarshiliklari, texnik-iqtisodiy va sotsial masalalarning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Muhokama uchun savollar

  1. Neoklassik sintezning mohiyati.

  2. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi asosiy g‘oyalar.

  3. «Ekonomiks» asarida qaysi olimlaming fikrlari tanqid qilinadi?

  4. Yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

  5. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari qachondan beri topshiriladi? Bir necha mashhur laureatlarga xarakteristika bering.

  6. Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo‘nalishlari qanday muammolami hal etadi?

0‘TISH DAVRI IQTISODIY NAZARIYALARI Q’TISH DAVRINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
0‘tish davri mohiyati, uning obyektiv zarurati
Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirishda maxsus o‘tish davri zarur bo‘lib, bu davming mazmuni va asosiy belgilarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatiarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri -ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yilIarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalami qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Ko'pgina rivojlangan mamlakatlaming tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li -ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti, deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilma-xii bo‘lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
0‘tish davrining asosiy xususiyatlari va qommiyatlari
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy turga bo‘linadi:

  1. rivojlangan mamlakatlar yo‘li;

  2. rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;

  3. sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;

  4. sotsializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li.

Bu yo‘llar turli-tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjud. Ulaming umumiyligi shundaki, bu yoMlarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yoMning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil boMishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha bozor iqtisodiyotiga revolyutsion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlami birdaniga va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya»), deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlami bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyutsion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu bois bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ulami amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining ikkita muhim kamchiligi mavjud:

  1. uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;

  2. xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi, biroq bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlami tizimiy islohotlar, deb atash maqsadga muvoftq bo‘ladi.
0‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naItirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U

butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi:
-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
-resursjaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
-narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
-ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.

  1. Iqtisodiyotni monopoiiyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:

-barcha iqtisodiy agentlaming ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
-bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi; -kichik biznesning rivojlanishiga xalaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlami pasaytirish;
-tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.

  1. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi:

-mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
-bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
-bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.

  1. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishIar birinchi navbatda, iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklami yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad -ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.

  2. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazib turiladi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyatsiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘Iishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.

  3. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘Igan tizimini shakilantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘Hab-quvvatlashgao‘tishgayo‘naItirilgan. Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling