Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi


Download 0.56 Mb.
bet62/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarining bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati — qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojiangan bozor tizimiga o‘tishdan iborat. Bu yoMning boshqa yoMlardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jaIikni sotsializm qurish g‘oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalaming muhim jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o£tish yoMini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bulaming
barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo'llarining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Tayanch tushunchalar
0‘tish davri — bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi iqtisodiy munosabatlarga o4ish taqozo qilinadigan davr.
Bozor islohotlari - bozor iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi.
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlami amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar.
Islohotlar konsepsiyasi - ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasi.
Muhokama uchun savollar

  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasida sinalgan asosiy yo‘llar (modellari) ni ta’riflab bering. Ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsating.

  2. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li qanday xususiyatlarga ega? Respublika iqtisodiyotini isloh qilishga qanday tamoyillar asos qilib olinadi?

  3. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptiris'n tamoyilining mazmunini batafsil tushuntiring. Har bir bosqichning maqsad va vazifalarini to‘laroq bayon qiling.

  4. Bozor munosabatlariga o‘tishda iqtisodiy islohotlar o‘z oldiga qanday vazifalami qo‘yadi? Bu vazifalaming to‘laroq tavsifini bering.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling