Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari


Download 0.56 Mb.
bet65/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

0‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi shu davrda 0‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishi bo‘lib qoldi.
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa tahdidlaming salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya vositalari yaratildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida - belgilangan chora-tadbirlar quyidagi beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi.
Birinchidan — korxonalami modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalami keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.
Ikkinchidan - joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan — qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.
To‘rtinchidan - elektrenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish.
Beshinchidan — jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘bat!antirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o‘rin tutadi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham “izchil yuqori o'sish sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi darkor” Bu davrda iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o‘rin tutadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling