Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki omiliar
- 0‘tish davri tavsifl va uning milliy xususiyati
- Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida
- Sud-huquq tizimi islohoti sohasida
- Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida
- Tashqi siyosat sohasida
- Iqtisodiyot sohasida
Tashqi omiliar:
Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyoqarashda chuqur sifat o‘zgarishIarini amalga oshirish. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlaming kuchayishi. Yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar va andozalarga o‘tilishi bilan yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlaming shakilanishi. Sotsialistik, deb atalgan lageming parchalanishi va ma’muriy- buyruqbozlik tizimining barham topisjii. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha G‘arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli. Ichki omiliar: Mustabid tuzim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlari. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi. Xarajatlami tejashdan manfaatdorlikning yo'qligi, pirovardida esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi. Mehnat unumdorligini oshirishdan rag‘batiantirishning pasayishi va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg‘unlik. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik munosabati sifatida pinhoniy iqtisodiyotning kuchayishi. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta’minlash samaradorligining pastligi. Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va xo‘jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Natijada quyi bo‘g‘inlarda - xaridor va sotuvchi, iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri. Korxonalararo raqobatning yo‘qligi tufayli samaradorlikka moyillikning pastligi. Xomashyo serxarajatiigiga asoslangan investitsion talabning kuchayishi. Sotsialistik xo‘jalik yuritishda fondlarning markazlashgan taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko‘proq resurslar taqchilligi namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi. Korxonalami pul mablag‘lari bilan ta’minlashda yagona davlat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablagMari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog‘lanmaganligi. Davlat byudjeti vakolatining keng qamrovliiigi turli bo‘g‘indagi xo‘jaIiklar daromadiga bog‘liq bo‘Iib, uning to‘p!anishi va taqsimlanishi toiiq markazlashtiriigan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi zahiralardan samarali foydalanishni rag‘batlantirmagan. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlaridan biri - mute shaxs «sovet kishisi» ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g‘oyaviy kurashlar, chalg‘ituvchi dalillar tuzog‘iga asir qilindi. Taraqqiyparvar insoniyat erishgan yutuqlardan bebahra qoldi. Sobiq tizim o‘z iqtisodiy g‘oyalarida ish kuchining qayerlardadir tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o‘zidagi inson resurslariga e’tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlami arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999-yilga kelib, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov bu haqda ta’kidlaganidek: «Shunday ulkan salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir ahvolga solib qo‘yib, u qonuniy haqli ravishda o‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga noinsoniy g'oya hukmron bo'Igan mustabid tizim o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg‘ularini qo‘pol ravishda kamsitar edi. 0‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik, ko‘pIab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi ...Biz eski tizim o‘z o‘mini osonlikcha bo'shatib bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z ta’siri iskanjasidan chiqarmasligini yetarli darajada tqssavvur qilishimiz va hisobga olishimiz zarur edi». Yuqoridagilami va boshqalami hisobga olgan holda 0‘zbekiston mustaqillik davrida ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o‘tishni zarur, deb topdi. 0‘tish davri tavsifl va uning milliy xususiyati Ma’muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari bozor munosabatlariga o‘tish zaruriyatini va iqtisodiyotda tub islohotlar boshlashni etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlami hamda tajribalami hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga kolproq tayanishni taqozo etdi. Bunday mas’uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Aslini olganda gap bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi boMmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o‘z yo'limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo‘I - uch tarkibiy qismdan iborat: ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi; qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tishning eng muhim prinsiplari; iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’ininlashning aniq yo‘nalishlari. Keltirilgan tarkibiy qismlar to‘g‘risida respublikamiz ziyolilari, xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlami davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. 0‘tish davri iqtisodiyotining ko‘pchilik mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi: mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o‘tishdagi beqarorlik, nomutonosiblik va muvozanatsizliklar; jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo‘llarining turli-tuman xarakterdaligi; mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlaming zarurligi; umumiy o‘tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’iy nazar har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi; eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlaming nomuvofiqligi, ba’zi hollarda esa qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega boMishi; jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondashishiga qaramay tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilaming tobora ortib borishi va.b. Tarix tajribasiga ko‘ra madaniylashgan bozor munosabatlariga o‘tish davrining davomiyligi bozor iqtisodiga o'tishning qanday yo‘li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bogMiq bo‘ladi. 0‘tish davri ko‘hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo‘lsa, mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan Osiyo va boshqa qit’a mamlakatlarida bir necha o‘n yildan iborat bo‘ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSh-50-100 yil. Boshiang‘ich shart-sharoitlarga ko'ra yondashilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bulan Uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatiardagi aralash iqtisodiyot. An’naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari. Rejaiashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllana- yotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodini vujudga keltirish bilan qo'shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning xitoycha yo'li. Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko'rsatishicha bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis kechmagan. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub maqsadi iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lashni ko‘zda tutadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining batamom shakllanishi uchun zarur bo'lgan vazifalar nechog'lik tez hal etilishi o'tish davri davomiyligini belgilaydi: Birinchi galdagi asosiy vazifa - mulkdorlar sinfi masalasining tubdan hal etilishi, boshqacha aytganda xususiy mulkchilik yetakchiligidagi ko‘p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish. Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalami) rivojlantirish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma’muriy cheklashlar orqali boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo‘Ii bilan boshqarishga, ya’ni jahonda qabul qilingan ma’rifiy shakllarga o‘tish. Milliy vaiyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish masalasini ha! etish orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish. Xorijiy sarmoyadorlaming 0‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatishi uchun kafolat va imtiyozlar va rag‘batlantirishni kuchaytirish. Korxonalaming xo'jalik favoiiyatiga noo‘rin aralashuvning cheklab qo‘yi!ishi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘z faoliyati uchun iqtisodiy va moliyaviy mas’uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini oshirish. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning milliy xususiyatlari akademiklar S.S.G'ulomov, M.Sharifxo‘jayev, professorlar A.O‘lmasov, N.To‘xliyev, Yo.AbduIlayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilarning tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan. Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalarni bayon etishdagi yondashuvlarda ayrim farqlar ham mavjud. Masalan, prof. A.A.Razzoqov bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd etadi. Bular: yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda); ma’muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik, deb atalgan mamlakatlarda); boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan yetakchi mamlakatlarda). Ayni paytda prof. A.OMmasov ta’kidlashicha «Tarixan bozor iqtisodiyotining 2 turi bo'lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor iqtisodiyoti». O'zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash vazifalari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishIarning tahlili shuni ko'rsatadiki, qo‘lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlaming asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o‘mi ahamiyatli hisoblanadi. Shunga ko‘ra hozirda modernizatsiya jarayonining nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Eng avvalo, modernizatsiya atamasining mazmuniga to'xtaladigan bo‘lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha, deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid aksariyat lug‘atlarda unga quyidagi mazmundagi ta’rif beriladi: «Modernizatsiya - obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko'rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modemizatsiyalanadi». Fikrimizcha bu modemizatsiyaga tor ma’nodagi yondashuv bo‘lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Modernizatsiya - an’anaviy jamiyatning ilg‘or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy-tarixiy jarayon. Klassik sotsiologiyada mazkur atama E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni sifatida tushunilgan. Veber esa modemizatsiyani ratsionallashtirish jarayoni sifatida tavsiflab, u orqali xo‘jalik subyektlari o‘z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modernizatsiya jarayoni jahondagi texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlaming impulsi bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy, «o‘zak» iqtisodiyotlarga nisbatan teng huquqli mavqega erishishni anglatadi. Modemizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureyev uning neoklassik va keynscha talqinlarini farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modemizatsiyaga xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan eng avvalo, xo‘jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o‘zgarishlar sifatida tushuniladi. Dastlabki o‘ringa texnik-iqtisodiy muammolar qo‘yiladi. Xo‘jalikning zamonaviy tarmoqlarining mavjud bo'lmasligi taraqqiyotning asosiy to‘sqinlik kuchi sifatida qabul qiiinadi. Umuman olganda, modemizatsiya an’anaviy jamiyatdan industriallashgan, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga hamda ijtimoiy jarayonlarni qonunlarga tayangan holda oqilona boshqarishga asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonlarini namoyon etadi. Nazariyada modemizatsiya, deganda «an’anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama- qarshi o‘laroq «zamonaviy ochiq tarzdagi jamiyat»ni shakiiantirishga olib keluvchi industrlashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy ta’lim, vakolatli siyosiy hokimiyat tizimiarining qaror topishi, hududiy va ijtimoiy safarbarlikning kuchayishi kabi jarayonlaming majmuyi tushuniladi. Modemizatsiya jarayoni doirasida odatda, quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi: ijtimoiy munosabatlar butun tizimining takomillashuvi va turmush tarzining o‘zgarishi - ixtiloflarni tartibga soluvchi hamda ijtimoiy muammolami hal etuvchi yangi tartib va mexanizmlaming paydo bo'lishi; alohida individlaming ongliligi va mustaqilligining oshishi; iqtisodiyot sohasida - tovar-pul munosabatlarining eng yuqori darajada yoyilishi, yangi ilg‘or texnologiyalaming paydo bo‘lishi, boshqaruvchilar va yollanma xodimlaming kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajasiga yetishi; ijtimoiy munosabatlaming o‘zgarishi - immobil tabaqalashgan jamiyatdan dinamik, yuqori ijtimoiy harakatchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan jamiyatga o‘tilishi. Modemizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin: uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi; uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o‘zgarishi boshqalarining o'zgarishiga olib keiishi. Masaian, madaniy va siyosiy o‘zgarish!ar iqtisodiyotdagi o'zgarishlarga olib keladi va aksincha; uning global tavsifi - u dastlab bir necha ilg‘or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda; uning davomiylik tavsifi — modemizatsiya qisqa davrda ro‘y bermaydi, balki u bosqichlarga bo'linadi (islohotlami amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo bo'lishi, o'zgarishlami ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi); tabaqalashganlik tavsifi - modemizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro‘y berib, u yoki bu holda milliy madaniyat va axloq an’analariga tayanadi (masaian, «yapon iqtisodiy mo‘jizasi»), G‘arb va Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to’liq voz kechishni taqozo etmaydi. Ba’zi manbalarda modemizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi. Siyosatshunoslar S.Vebra va L.Pay siyosiy modemizatsiya jarayonining quyidagi asosiy belgi va tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatadilar: siyosiy tizim institutlarining tarkibiy tuzilishi jihatidan tabaqalashuvi ya’ni qat’iy ravishda belgilangan vazifalami bajaruvchi hamda o‘zaro bogMiq va o‘zaro ta’sir ko’rsatuvchi yangi siyosiy institutlaming qaror topib borishi (masaian, ijro hokimiyati tarkibida yangi yo‘nalishdagi vazirlik va idoralaming tashkil etilishi); siyosiy tizimning safarbarlik qobiliyatlari, ya’ni uning turli- tuman (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslami safarbar etish qobiliyatlarini oshirish hamda ulami taraqqiyotning yangi maqsadlariga erishish tomon yo‘naltirish; siyosiy tizimning inqirozli holatlarda yashovchanligi hamda kommunikatsiya, sotsializatsiya va mobilizatsiyaning yangi vositalaridan foydalanish hisobiga inqirozlami bartaraf etish qobiliyatlarini oshirish; siyosiy tenglik tomon sezilarli darajada harakat qiiish, ya’ni fuqarolaming siyosatda ishtirok etishidagi barcha (iqtisodiy, ma’muriy, milliy va h.k.) chekiovlami sekin-asta tugatib borish. Uinuman oiganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmuyi sifatida ifodalash mutnkin. Zero, bu holat mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yi! 28- yanvardagi qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatni modemizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari hamda mazkur yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan: Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida: mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning vakolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas’uliyatini yanada oshirish; mamlakatning Oliy qonunchilik organi - ikki palatali Parlamentni shakllantirish; hokimiyatning asosiy bo‘g‘ini va davlat tayanchi bo‘lgan o‘zini- o‘zi boshqarish organlari — mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlariga keng imkoniyatlar berish orqali ularning vakolatlarini oshirish va faoliyati hamda rolini amalda kuchaytirish; mamlakat istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan hamda davlat ahamiyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining roli, ishtiroki hamda ta’sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar. Sud-huquq tizimi islohoti sohasida: sud-huquq tizimini isloh qilish va liberallashtirishni davom ettirgan holda uning faoliyatini demokratik tamoyillar asosida yanada takomillashtirib borish; prokuratura tizimining ayrim huquq va vakolatlarini sudlarga o‘tkazilishini ta’minlash va boshqalar. Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish borasida: ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish; matbuot, radio-televideniye faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqil faoliyat yuritishlari va erkinligini amalda ta’minlash; ommaviy axborot vositalarining nodavlat shakllari yaxlit tizimini yaratish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’miniashga hamda tezkor axborotlami olish va xalqqa yetkazish masalalarida erkinlikni oshirish; jamiyatda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish orqali fuqarolar sog‘lom fikrlari va g‘oyalarini ayta oladigan «erkin so‘z», «erkin fikr» minbariga aylantirishga erishish va boshqalar. Tashqi siyosat sohasida: mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash; global muammolardan biriga aylangan xalqaro terrorizmga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish; diniy ekstremizm va narkoagressiyaga qarshi keskin kurash olib borish; boshqa mamlakatlar bilan tashqi integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish; Markaziy Osiyo mintaqasida umumiy bozomi shakllantirishga alohida ahamiyat berish; jahonning yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy tuzilmalari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqalar. Iqtisodiyot sohasida: mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish; iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish; bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o‘tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mezonlaridan butunlay voz kechish; xususiy sektoming yanada jadal rivojlantirilishini ta’minlash; daviat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko‘proq cheklash; kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish; xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilar faoliyat ko‘rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag‘batlantirib borishni tashkil etish; soliq tizimini yanada takomillashtirish; soliqqa tortish borasida qo‘shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o‘rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon bozori konyunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ulaming natijalariga bog‘liq. Biroq shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o‘zgarishlarga chambarchas bog‘liq. Ya’ni barcha soha va jabhalar o'rtasida jadal isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim. Shu o‘rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a’zosining ongliligi va mustaqilligini oshirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modemizatsiyalash eng avvalo, ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ulami amalga oshiruvchi va doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a’zolari dunyoqarashi, tafakkurining o‘zgarishi, uiaming demokratik va tub islohot jarayonlaridagi faolligi oshishiga bevosita bog'Iiq. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling