Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” ga asoslanadi.
2017-2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi quyidagi yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi:
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
И.Каримов. Бош максадимиз-кенг куламли ислохотлар ва модернизация йулини катьият билан давом эттириш. Тошкент, “Узбекистан HMUY 2013.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘naIishlar.
Tayanch iboralar: Bozor iqtisodiyotiga o'tish; ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi; mustabid tizim merosi; o'tish
zaruriyatining omillari; «o‘zbek modeli»; o'tish davri davomiyligi; o'tish
davri bosqichlari; tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga yondashuvlar;
iqtisodiyot negizi; ustuvor yo‘naIishlar; tarkibiy o‘zgarishIar maqsadlari;
inson taraqqiyoti indeksi; islohotlami tasniflash; yutuq va muammolar.
Tayanch tushunchalar
Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlami amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga barham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish.
Muhokama uchun savollar
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati va uning oqibatlarini izohlang.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, deganda nimani tushunasiz?
0‘tish davri davomiyligi qancha bo‘Iishi mumkin?
0‘tish davridagi umumiy qoidalar nimalardan iborat?
«0‘zbek modeli» nima?
Miiliy iqtisodiyotning negizini nima tashkil etadi?
Miiliy iqtisodiy islohotlar modelining xususiyatlari?
Islohot bosqichlariga oid qanday qarashlar mavjud?
Miiliy iqtisodiyotning ilmiy-nazariy manbalarini kengaytirishga hissa qo‘shayotgan olimlardan kimlarni bilasiz?