Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizomulmulk”
- AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY GOYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
Tayanch tushunchalar
Buyuk ipak yo‘Ii- Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog‘lovchi qadimgi savdo yo‘li. “Geodeziya”- “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylaming oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asar. “Nizomulmulk” -ya’ni mulkning nizomi, tartibi. “Qutadg'u bilig” -Qutga, ya’ni baxt-saodatga erishtiruvchi bilim. Muhokama uchun savollar Forobiyning “moddiy ehtiyojlar” to‘g‘risidagi ta’limotining mohiyatini qanday tushunasiz? Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to‘g‘risidagi g‘oyasining mag‘zini chaqing. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g‘oyasini izohlang. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G'OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT Amir Temurning iqtisodiy qarashlari Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga xos maRtab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon, deyiluvchi boshqarma boMgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yoMlar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan. Mamlakatda ko'rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‘ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi, Sipohlarning tarqoqligi esa, o‘z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi", — deb ko‘rsatib bergan. Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo‘lib, yerga egalik qilish quyidagi ko‘rinish!arda boMgan: Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig‘i - xiroj olganlar. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan. Ushr yerlar. Say id va xo‘jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan. Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi. Askarlarga, alarn 'mg rahbarlariga beriladigan yerlar. Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yoxud birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig'ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo'ladi. Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo'lovchilar qo'nib o'tadigan, kambag'al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g'aribxonalami qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va ulami amalga oshirish uchun ko‘p ishlami qiigan. Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qiigan. Mashriqdan mag'ribgaeha bo'lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo'lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem- xashak, oziq-ovqat, suv bo'lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo'shib sotish mumkin bo'lgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan - chet el tovarlariga bo'lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan - aholining iste’mol buyumlariga bo'lgan ehtiyojini to'laroq qondirish imkonini beradi. A.Temuming iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo‘lib, quyida biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan g‘oyalar mazkur asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent, 1991). Unda o‘sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo'lganligi ko‘rsatilgan: Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari). Aqlli, donishmand odamlar. Xuqlojo‘y kishilar. No‘yonlar (tuman boshlig‘i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar. Sipoh va raiyat (soliq to‘lovchi xalq). Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar. Vazirlar, sarkotiblar. Hakimlar (faylasufiar, donishmand, ailomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar). Hadis olimlari. Ahli hunar va san’atchilar. Kasbu hunar egalari. Savdogar va sayyohlar. Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo‘shin a’zolarining maoshi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o‘zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha maosh olishi, o‘nboshi o‘z qaramog‘idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi o'nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. «Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig‘ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig'ish vaqtida, — deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, — ikki vazir tayinlansin. Biri to plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig'ilgcm barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig 'ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko‘rinib turibdiki, hisob-kitob ishiari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug‘oriiadigan yerlarda jami hosiining uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‘rtdan biriga (25 foiz) teng bo‘lgan miqdorda to‘plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig‘i atrofida boMganligini ko‘rsatib turibdi. A.Temur o‘qimishli, olim odamlaming mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, oliinlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, — chimki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A.Temur Shorn (hozirgi Suriya) yurtini qo‘lga olganda (1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332—1406) asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo‘yib yuboradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling