Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Y Yusuf Xos Hojib 1020 yil usuf Xos Hojibnittg iqtisodiy fikrlari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
Y
Yusuf Xos Hojib 1020 yil usuf Xos Hojibnittg iqtisodiy fikrlari Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylaming markaziy shaharlaridan biri Bolasog'unda tug‘ildi(olamdan o‘tgan yili noma’lum). Bo‘lajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlami, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlami puxta egallaydi. U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg'u bilig» (Qutga, ya’ni baxt-saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg‘ochxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‘asi) degan martabani in’om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat birgina asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‘planganki, uiarga qoyil qoimay iloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o‘z davri uchun ham, hozirgi davr uchun, ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy ya’ni bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to‘qnashib, odam bilishi mumkin boMmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa: Tinchlik-osoyishtalik. Me’yoridagi soliqlar. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g‘oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: pulning qadrini ko‘tarish yoki ushlab turish; xalqqa xususiy mulk huquqini ta’minlovchi qonunlami joriy etish; yoMIami o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida toMashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do’stga- do‘st, dushmanga-dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib boMishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi. Xususiy mulk huquqini ta’miniash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot_omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotiangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommaviy o‘tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho‘rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. YoMIarni o‘g‘ri!ardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa, tashqi savdo (eksport-import)ni ta’miniash va qoMlab- quvvatlashning o'zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‘jaligi uchun ustuvor ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‘al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlami quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insofli, adolatli, marhamatli bo‘lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo‘li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi g‘oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‘l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, mol-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va uning xarob bo'lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa, kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. Vazir, qo‘mondon, elchi va boshqa hukmdorlaming faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har xil mol-mulk oldida saqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor dunyoni yesa ham to‘ymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin boMgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi. Ayniqsa, bilim va aql- idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriiadi. «Odamzod naslining uiugMigi bilimdan. U aql-idrok tufayii ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‘quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilim bilan hal etiladi. Ko‘rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o‘z yo‘nalishimizda ham yoshlaming bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlagan yo'limizning to‘g‘riligidan dalolat beradi. Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) — Saljuqiylar d Nizomulmulk (1017, Tus - 1092, Nahovand) avlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni «Nizomulmulk», ya’ni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda o‘qib, voyaga yetgach, balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Nizomulmulk saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. 1072-yili Alp Arslon o‘ldirilgach, uning o‘g‘li, 17 yoshlik Malikshoh (1072-1092-yillar) saroyida vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini o‘zi olib borgan. Nizomulmulk mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini o‘tkazgan. 1067-yili Bag‘dodda «Nizomiya» aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091-yili «Siyosatnoma» («Siyar ulmuluk») asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyib hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qo‘shin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ulaming maoshlari, pochta va ayg‘oqchilik (razvedka) ishlari, ulaming moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va xiroj, zakot va vaqf masalalari ham o‘rin olgan. Asaming asosiy g‘oyasi shundan iboratki, vazir Nizomulmulk. shoh va hokimlami adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qat’iy qoida va tartib o‘matishga, amaldorami vijdonli, pok, halol va iymonli boMishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat qiladi. Nizomulmulk Bag‘dod safari yo'lida yollangan qotil tig‘idan halok bo'ladi. Nizomulmulkning "Siyosatnoma" yoki "Siyar ul-muluk" asari saljuqiylar sulolasining davlat boshqaruvi sohasidagi siyosiy dasturi sifatida e’tiborga sazovor manba bo‘lib, u o‘zbek milliy davlatchiligi tarixida ham alohida qiymatga ega. Asar IX-X asrlarda hukm surgan sulolaning siyosiy dasturi bo‘lib, unda o'rta asrlarda 0‘rta Osiyo va Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‘lgan muhim siyosiy voqealar bayoni va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat boshqaruviga oid ma’lumotlami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: siyosiy tarixga oid ma’lumotlar; ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma’lumotlar; ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar; islom mazhablari o‘rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar; boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari; siyosat falsafasi, o‘zini o‘zi boshqaruv institutlari. Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo‘lib, ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‘liq. Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib, xalqqa tanishtirib boriladi. Bu oddiy hoi bo‘lib ko‘rinsada, hozirgi siyosatshunoslik uchun ham qo‘l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga monand tarzda mudom ishiab turishi shart. Ana shunda siyosiy institutlar, shu jumladan, ulaming ijrosini ta’minlovchi idoralar ham hayot talablaridan orqada qolmaydi. Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki lining ijrosi cho‘zilib ketganligi to‘g‘risida xabar yetsa, podshoh mas’ul va mutasaddi shaxslar uchun jazo beigilagan (uiar o‘z yaqinlari bo‘lsa ham). Chunki, markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga sobzsiz itoat etishni talab qiladi. Bu o‘sha davrning eng oliy siyosati edi, albatta. Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taaliuqlidir, uni hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat boshqaruvi haqida keng fikr yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa, axioq masalalariga oid javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy- axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy- falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro) o‘rtasidagi munosabatlarda uyg‘unlikni ta’minlash asosiy o‘rinda turgan. Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdori. To‘g‘ri, u markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar, istiqbolli dasturlami tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o‘tkazishni o‘rtaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton) bilan xalq (raiyat), amaldor(xizmatchi)lar bilan kishi(fuqaro)lar o‘rtasida murosa munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan. Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini o‘ylaydi, zo‘rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u hech qachon yomon ishlar qilmaydi... Kim insoniylikni sevsa, undan yuqori narsa yo‘q deb hisoblaydi», degan g‘oyani o‘z davrida alloma Konfutsiy ilgari surgan edi. Bunday g‘oyalami Nizomulmulkda ham kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabat- lardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli voqelikdir. To‘g‘ri, ba’zan Nizomulmulk insoniylikni kichiklaming kattalarga hurmat ko‘rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro (inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko‘chiradi. Qanday bo‘Imasin, jamiyat va davlatni boshqarishda insoniylik, insonparvarlik tamoyillariga tayanishga da’vat - Nizomulmulk ijodidagi olijanob jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlaming qanday sifatlami o'zida shakllantirishi yoki ulug‘lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda Sharq xalqlariga xos bo‘lgan «aravaning katta g‘ildiragi qayerdan yursa, kichik g'ildirak ham shu yerdan yuradi», degan maqol esga tushadi. «Xalqni o‘z ketidan ergashishga majbur qilish mumkin, lekin u nima uchun majbur qilinayotganini bilmasa, davlat uchun yomondir». «Hukmdor o‘z axloqini tuzatmasa, u kichik odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik oxir-oqibatda davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..." Bunday siyosiy qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifodalaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling