Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
‘RTA OSIYODA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN IQTISODIY G'OYALAR
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0‘rta Osiyodagi iqtisodiy g‘oyalar
- A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari Q Abu Nasr Farobiy (870-950)
0‘RTA OSIYODA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO‘LGAN IQTISODIY G'OYALAR
«Виугхк ipak yo‘li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo‘li - Buyuk ipak yo‘lidir. Bu yo‘l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo‘li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo‘I m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda 0‘rta Yer dengizi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo- sotiq va madaniy aloqalaming rivojida muhim rol o'ynagan. Manbalarga qaraganda Sariq dengiz qirg‘oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo‘l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), и yerda ikkiga ajralib, biri shimoli-g‘arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo‘nalgan. Karvon yo‘lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo‘lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887- yil ushbu yo‘nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo‘li» degan nisbat beradi va bu ibora muomaiaga kiritiladi. Shimoliy yo‘l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg‘ar Dovon (Farg'ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So‘g‘dning markazi Samarqand va Marg'iyona (Marv) ga yo‘nalgan. Ipak yo‘li Farg‘ona vodiysida yana juft tarmoqqa boMingan. Janubiy qismi 0‘zgandan 0‘sh, Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon orqali Xo‘jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va QamchLq dovonidan o‘tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo‘lning uzviy bo‘lagi hisoblangan. Bu yo‘l Sharq va G‘arbni turli jabhalarda bog‘lovchi yo‘ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo‘l orqali Xitoydan ipak, Xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. XV-XVI asrlardan bu yoMning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli bu yo‘lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg‘iziston, 0‘zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo‘l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Endi esa moziyga qaytib, 0‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o‘mi va eksport potensialiga e’tibomi qaratamiz. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi 0‘zbekiston hududiga qiziqish awaldan ma’lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli boTgan. Tarixiy va hozirgi ma’lumotiarga ko‘ra bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o‘mi, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo‘yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa, oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlaming mavjudligi hamda serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o'ynaydi.Shu sababli bilim, ilm makoni bo‘lgan kitob savdo-sotig‘i yetakchi o‘rinni egailagan. Hozirgi davrda ko‘piab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorijiy davlati kutubxonalaridan topilmoqda va o‘z vatani O‘zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o'z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yoMining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan hamda bu yerdan chetga ko‘plab ilm va san’at asarlari chiqarilgan. Mamiakatimizda qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish va paxtadan _ olinadigan mahsuiot asosiy o‘rinda turgan. Poiizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog‘dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo‘lsa, xitoyiiklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‘rganishgan. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, hajga boruvchilar, harbiy qo‘riqchilar bo‘lgan. Butun yo‘l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o‘tilgan. 0‘rta Osiyodagi iqtisodiy g‘oyalar 0‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy- madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shakllantirdi. Osiyoda va Yevropadagi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni (bozoming asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib uzoq va xatarli yo‘lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlami tog‘u toshlardan, qum cho‘llardan olib o‘tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida muhim iqtisodiy g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq uyg‘onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdoriik sirlarini bayon etganlar. Ulaming ko'plari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari Q Abu Nasr Farobiy (870-950) 'rta asrda ilg‘or iqtisodiy fikrlami ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlii qiigan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870—950) hisoblanadi. U ko‘p qirrali olim bo‘Iib, o‘z bilimini oshirish yoMida tinmay mehnat qiigan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo‘lga chiqqan. Forobiy bir asarni bir marta o‘qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o‘qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o‘qigan nusxasi topilgan boMib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta о ‘qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta о ‘qidim, lekin yana о ‘qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‘qib-o‘rganish bilan birga ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan. Forobiy bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha odamiaming ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ulami u bir o‘zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo'ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo‘ladi>>. Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg‘or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o‘tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi. Forobiy Platonga o‘xshab ideal tuzum to‘g‘risida fikr yuritdi. U kelajak haqida o‘ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli bo‘ladigan shaharni ideal shahar,_deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‘zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to‘g‘risida, mahsulotlami adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‘zaro yordamning iqtisodiy asosi - mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‘rsatib bera olmadi. Shu narsani qayd qilib o‘tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalarni ikkinchi o‘ringa surib qo‘ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‘g‘risidagi taiqinida ko‘rinadi, unda adolat o‘matish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funksiyalaridan, deb e’tirof etiladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling