Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forobiyning taqsimotga boUgan iqtisodiy qaraslilarL
- “Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan о
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlami ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilami mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o'ynaydilar va aksincha, "...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo ‘Isa, и holda ular qonun о ‘rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarruf etish, undan unumlifoydalanish va mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta’kidlashicha “Mulk orttirishda imchalik xavf yo'q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, о ‘z ehtiyoji uchun ishlatsa, buyomon hisoblanmaydi”. Forobiyning mulkchilik to'gTisidagi iqtisodiy fikrlarining to'g'ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib, ularning soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham faoliashib bormoqda. Forobiyning taqsimotga boUgan iqtisodiy qaraslilarL Taqsimot Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiiadi. Uningcha jamiyat va kishiiar qo‘Iidagi mol-mulkini, noz-ne’matlami to‘g‘ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko‘pchilik kishiiar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib qoladi. S Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad hu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo‘lgan barcha boyliklami to'g'ri hisobga olishni nazarda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan о ‘rinlari, so ‘ngra nihoyatda zarur narsalar bo ‘Igan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur ishdir”, - degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz bundan Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko‘ramiz. Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asming qomusiy olimi, Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya f va mineralogiya boigan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari -22 ta; astronomik asboblar haqida -10 ta; astrologiklari.-21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) -38 ta; turli tillardan tarjima asarlar -21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar “Shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joy laming chegaralarini belgilash“ga doir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini o‘lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar yeming shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval o‘tgan Pifagor, Arastu, Arximed kabi buyuk olimlar yer dumaloq va shar shaklida, degan fikmi aytganlar. Bag‘dodda tashkil topgan “Donishmandlik uyi” nomli o‘sha davming fanlar akademiyasida Ocrta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg‘oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu “Donishmandlik uyi”ning a’zosi bo‘lib, u yerda 7 yil ishlagan. Olimning muhim asarlaridan biri “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar14 uning Jo‘ijon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko‘p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha “Geodeziya”deb yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bagMshlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning ‘'Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchaiar” asari ham 1029-yilda G‘aznada yoziladi. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng u o‘zining “Hindiston” nomi biian tanilgan “Hindlaming aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qit’asining mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug‘orish inshootlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo‘Iishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko‘p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo‘lishini ham ehtiyoj tufayli, deb o‘ylagan. Eng muhim g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati biian yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kirn bo‘lganIigi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati biian belgilanadi. Har bir davming urf-odatlari o‘ziga xos bo'ladi va inson ahli ularga rioya qilmog‘i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib ham yo‘q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati biian ulug‘lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir. Beruniy qayd etishicha, bilimlami egallamoq va hunar o‘rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ulaming har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko‘rsatib berdi. Binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og‘ir mehnat, deb biladi. Ilm, ma’rifat zahmatkashlari mehnatiga ta’rif berish, ilm olish, o‘qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko‘ra olimlaming mehnatini qadrlash turli ilmlar ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matiar uchun bo‘lgan harakatlarda, mehnatda, deb biladi. Mehnatkashlaming xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. _ Meros bo‘lib avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori baholangan. Beruniy og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi kerak boMgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga alohida e’tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog‘ini barpo etish zarurligi ko‘rsatiladi. Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og‘ir ishlami bajarish maxsus maktab, ularda ta’lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo‘yilmog‘i kerak, deydi olim. Xuddi shu o‘rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilaming mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalaming ahvoli, shogirdlaming faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g‘oyalami ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog‘lanadi. Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‘lchab beruvchi usta bo‘lib, uning oldida billuming mayda va katta bo‘lakchalari to‘plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab oMchab, belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Oiim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‘rsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag‘banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tajnoyilining xuddi o‘zidir. Uningcha ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-ro‘z yaratuvchiiarga mehribon bo‘lish kerakligi ko‘rsatiiadi. Ana shu g‘amxo‘rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor bo‘ladi, moddiy ne’matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to‘laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne’matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo‘ladi, deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko‘tariladi). Agar kishilar to‘q bo‘lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlaming vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‘rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o‘rtasida tenglikni o‘matishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‘rtasida xulq- atvor, hurmat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri — tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. Beruniy o'gitlaridan: Har bir yangi narsada lazzat bor. Ne’matning qadri u yo'qolgandagina bilinadi. Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘Iaturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar. Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo'lmabdi. Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa boMmaydi. Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi. Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan ko‘proq asarlari mavjud bo‘lib, ular tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag'ishlangan. Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‘g‘risi- dagi, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‘ulianishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o‘zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj bo‘ladilar». Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiq qiladi. U jamiyat amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb hisobladi. «Odamning o'z quwatini saqlashga va oziq-ovqatga bo ‘Igan ehtiyoji, — deb yozadi Ibn Sino, — hammani hunar о 'rganishga undaydi». Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‘g‘risida ham fikr yuritadi. Uning fikricha davlat tabiiy ofat yoki urush bo‘lish ehtimolini hisobga olib, unga mablag‘ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga erishishi zarur. Ibn Sino ideal davlat to‘g‘risida fikr yuritib, uni quyidagicha tavsiflab beradi: hamma o‘z foydasini ko‘zlab mehnat qiiishi kerak; bu davlatda barcha moddiy boyiiklar shunday teng taqsimlanishi kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‘allik boMmasin; barcha kishilar halol mehnat bilan shug'ullanishi va halol savdo qiiishi sababli urushadigan odamlar bo‘Imaydi va urushlar tugatiiadi, davlatlar o'rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‘l bilan hal etiladi; ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo boMadi, shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmaydilar, quvnoq ashula va musiqani yaxshi ko‘radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. Ibn Sinoning ideal davlat to‘g‘risidagi qarashlari Platonning «Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning «Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‘g‘risida traktat»ida aytilgan fikrlariga ko‘p jihatdan o‘xshab ketadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling