O’zgaruvchan xarajatlarni taqsimlash asosida tannarxni kalьkulyatsiya qilish (kalьkulyatsiya qilishning marjinal tizimi «Direkt-kosting») usulida mahsulot tannar-xiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlargina qo’shiladi. Doimiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ustama xarajat-lari mahsulot tannarxiga qo’shilmaydi, ular yuzaga kelgan davrda to’lig’iga foyda va zararlar schetiga hisobdan chiqariladi. Demak, ularning qiymati tugallanmagan ish lab chiqarish va sotilmay qolgan tayyor mahsulot zahirasi tannarxida kelgusida taqsimlash uchun qoldirilmaydi.
Tannarxni o’zgaruvchan xarajatlar «Direkt-kosting» asosida kalьkulyatsiya kilish usulining chizmasi:
Tannarx
Ishlab chiqarish xarajatlari
Noishlab chiqarish xarajatlari
Materiallar
Mexnat xarajatlari
Ustama xarajatlar
Tayyor mahsulot. zaxirasi
Foyda va zararlar scheti
O’zgaruvchan ustama xarajatlar
Doimiy ustama xarajatlar
Mаhsulot sotish
TICH zaxirasi
Yuqoridagi usullarning qo’llanilishini ko’rsatish maqsadida bitta misol ko’rib chiqamiz.
Misol. «A» kompaniyasi oddiy mahsulot ishlab chiqaradi va huyidagi smetaga ega:
Mahsulot donasiga, sqm
Sotish bahosi 1000
Asosiy materiallar 300
Asosiy ish haqi 200
Uzgaruvchan TSUX (PNR) 100
Doimiy TSUX, bir oylik 1000000
O’zgaruvchan tijorat xarajatlari mahsulot birligiga 10 so’m
Doimiy noishlab chiqarish xarajatlari - 700000
Oylik ishlab chiharish hajmi, dona 5000
Do'stlaringiz bilan baham: |