Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
yilning 31 dekabrida tugaydigan hisobot davri uchun
Download 0.74 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar
- To’lanadigan foyda solig’i
- yopiladigan buxgalteriya yozuvlari deyiladi
Aniqlangan sof foyda summasini “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hiso-bot” stunining debetiga yozamiz. Nima uchun bu yozuvni amalga oshirishimizni tu-shunish uchun yopiladigan buxgalteriya o’tkazmalarining mohiyati va amalga oshiri-lishi tartibi bilan tanishtirib chiqamiz. Ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli stu-nini to’ldirishni yakunlash uchun ushbu ustunning debet va kredit stunlaridagi umu-miy summalarni aniqlaymiz: 822849 + 8036 + 99115 = 930000 co’m. SHunday qilib, tuzatilgan sinov balansi 0110 schyotdan boshlab to 9810 schyotgacha bo’lgan barcha schyotlar qoldig’ini o’z ichiga oladi. Demak, ishchi jadvalda 1-shakldagi balans hisobotiga tegishli 0110-8990 schyotlar va 2-shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ni tuzish uchun tegishli bo’lgan 9010-9900 schyotlarni bir biridan ajratilibgina moliyaviy natijalar hisoblab topilar ekan. Bu qadamni amalga oshirishning sababi moliyaviy hisobot shakllarining bir-biriga bog’liqligidir. Gap shundaki, 1-shakl - balansning 8710 schyot “Taqsimlanmagan foyda” deb nomlangan moddasini faqatgina “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobotni tuzib, foyda summasini aniqlab bo’lgandan so’ng yozish mumkin. SHu sababli tuzatilgan balansdan 9010 hisob-varaqdan boshlab to 9810 schyotgacha bo’lgan schyotlarning qoldiqlarini ajratib ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi” hisobot nomli stu-niga yozib olinadi va ana shu stunda moliyaviy natija - foyda yoki zarar daromad-lar va xarajatlarni solishtirish orqali aniqlanadi. Buni biz yuqorida batafsil ko’rib chiqdik. Mana shu stun yordamida amalga oshiriladigan jarayon yopiladigan buxgalteriya yozuvlari deyiladi va u 9910 schyot “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining tarxini o’zida mujassam etadi. Buxgalteriya balansi esa soliq hisob-kitobi va taqsimlanmagan foyda aniqlangandan so’ng nihoyasiga etkaziladi va tegishli shaklga ko’chirib yozilishi mumkin. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling