Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

 
2Korxonalarda investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash 
 
Korxona investitsiya siyosatidagi muhim yo‘nalish investitsiya resurslari 
shakllanishini boshqarish hisoblanadi. 
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida 
qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi 
mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari 
moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy 
qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar 
va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya 
faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib 
chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu 
manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. 
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha 
manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz 
manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki 
(ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar 
sifatida qaraladi. 
O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
– korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda; 


43 
– amortizatsiya ajratmalari;
– mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;
– asosiy vositalarni sotishdan olingan mablag‘lar;
– nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan mablag‘lar. 
Korxonalarning jalb qilingan mablag‘lari – doimiy asosda taqdim qilingan 
mablag‘lar bo‘lib, ular bo‘yicha mazkur mablag‘larning egalariga daromadlar 
to‘lanishi mumkin hamda egalariga qaytarilmasligi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi:
– aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lar; 
– korxona ustav fondiga mehnat jamoasi a’zolarining, fuqarolarning
yuridik shaxslarning pay va boshqa badallari;
– yuqori turuvchi xolding va aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan 
ajratiladigan mablag‘lar;
– maqsadli investitsiyalashga dotatsiyalar, grantlar va ulushli qatnashishlar 
ko‘rinishida beriladigan davlat mablag‘lari;
– qo‘shma korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish va xalqaro 
tashkilotlarning, horijiy davlatlarning, fuqarolar va yuridik shaxslarning bevosita 
qo‘yilmalari shaklidagi horijiy investorlarning mablag‘lari. 
Korxonalarning qarz mablag‘lari – ma’lum vaqtga va qaytarish sharti 
hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lovni to‘lash sharti bilan olingan 
mablag‘lar. 
Ularni uzoq muddatli va qisqa muddatlilarga ajratio‘ mumkin. 
O‘zoq muddatli qarz mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
– banklar va boshqa institutsional investorlarning uzoq muddatli kreditlari
– uzoq muddatli davlat investitsion kreditlari;
– uzoq muddatli (bir yildan uzoq muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;
– lizing va b. 
Qisqa muddatli qarz mablag‘lari:


44 
– tijorat (tovar) kreditlari; 
– qisqa muddatli (bir yildan kam muddatli) obligatsiyalar va boshqa qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan mablag‘lar;;
– banklar va boshqa institutsional investorlarning qisqa muddatli kreditlari. 
Investitsiyalarning o‘z va jalb qilingan manbalari korxonaning xususiy 
kapitalini tashkil qiladi. Bu manbalar bo‘yicha tashqaridan jalb qilingan summalar 
qaytarilishi shart emas. Investorlar investitsiyalarni amalga oshirshadan olinadigan 
daroomadlarda ulushli mulk egaligi huquqida ishtirok etadilar. Investitsiyalarning 
qarzli mablari korxonaning qarz kapitalini tashkil qiladi. 
Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling