Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya krediti
- Davlat tomonidan kreditlashtirish
- Davlatdan moliyalashtirish
Qarzli moliyalashtirish turli manbalardan, obligatsiyalar va boshqa qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarishdan olingan kreditlar va qarzlar shaklida namoyon bo‘ladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli doirasida investitsiya mablag‘larini yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori, kredit resurslari bozori va davlatdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Investitsiya krediti investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan turli xildagi bank kreditlari sifatida namoyon bo‘ladi. Kredit kreditlashtirishning asosiy tamoyillariga amal qilingan tartibda beriladi, ya’ni qaytaruvchanlik, muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish. Davlat tomonidan kreditlashtirish aniq bir korxonaga (yoki ma’lum loyihaga) imtiyozli asosda bevosita (maqsadli) kreditlar shaklida amalga oshiriladi. Davlat kreditning foiz stavkalarini, qaytarish muddatlari va tartibini o‘rnatadi. Obligatsiyali qarz qarzli moliyalashtirishning bir ko‘rinishi sifatida, obligatsiyalarni emissiya qilish asosida tashqi o‘zlashtirishni bildiradi. Obligatsiya – qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning egasi tomonidan ma’lum summadagi pulni 47 to‘laganligi hamda muayyan vaqtdan keyin unda ko‘rsatilgan (nominal) pulni hamda ma’lum foizlarni qo‘shib qaytarilishini tasdiqlaydi. Davlatdan moliyalashtirish ko‘p hollarda yuqori samarali investitsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida, davlatning tashqi aloqalari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. 48 Xulosa O’zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jahon bozorida milliy mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish va keskin raqobat sharoitida mamlakatlararo tovar ayriboshlash sohasida o’z o’rnini topishga zamin yaratadi. Buning uchun mamlakatning ilmiy va texnologik salohiyatini ko’tarish, birinchi navbatda, iqtisodiyotining barcha tarmoqlari, jumladan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohalarida texnik darajani tiklash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ilmiy texnika taraqqiyoti mahsulotlarini amaliyotga joriy etishni jadallashtirishga katta e’tibor qaratish lozim. Fan va texnikani zamon talablariga mos tarzda rivojlantirish borasida innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishiga, yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishiga bevosita ta’sir etuvchi real omillarni aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bunday omillar ko’p qirrali bo’lib, ularga: - iqtisodiyotni erkinlashtirish va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; yangi g’oya va innovatsion loyihalarning soha yoki alohida olingan tarmoq yoki tashkilot maqsadlariga mos kelishini ta’minlash; - loyihalarni tanlash, ularni ekspertiza qilish va baholashda xolis va samarali tizimini joriy etish; - samarali boshqaruv va nazorat me’yorlarini ishlab chiqish, ijodiy g’oyalar manbaini yaratish; - tashkilotlarning yangiliklarga nisbatan moyilligini rag’batlantirish; - ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning shaxsiy va jamoaviy manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda ularning javobgarligini oshirish va boshqalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling