Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va 
kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin. 
Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish 
maqsadida 
investitsion 
resurslarni 
jalb 
qilish 
mexanizmi 
tushuniladi. 
Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi 
ifodasi tushuniladi. 
To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va 
investitsiya 
loyihalarini 
faqatgina 
o‘z 
(ichki) 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida 
“leveridjsiz 
moliyalashtirish”ni 
xarakterlaydi. 
Investitsiyalarni 
moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va  amortizatsiya ajratmalari 
hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon 
bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati 
natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
Soliq lar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng korxona 
ixtiyorida sof foyda qoladi. U zahira kapitali, taqsimlanmagan foyda va jamg‘arish 
fondi ko‘rinishida to‘planib boradi. Odatda, foydaning investitsiya maqsadlariga 


45 
yo‘naltirilayotgan qismi jamg‘arish fondida yoki shunga o‘xshash fondlarda 
to‘planib boradi. Jamg‘arish fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning yangi mulkni 
tashkil qilish, asosiy vositalar, aylanma mablag‘larini olish uchun ishlatiladigan 
mablag‘lari manbai sifatida maydonga chiqadi. Zahira fondi korxonaning 
zararlarini qoplash, obligatsiyalarni so‘ndirish va o‘z aksiyalarini qayta sotib olish 
uchun shakllantiriladi. Foydaning taqsimlanmagan qismi ham kapitalizatsiya 
uchun yo‘naltirilishi mumkin. O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha foyda 
rivojlanish uchun ishlatiladigan o‘z mablag‘lari zahirasining shakllaridan biri 
hisoblanadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan sof foydaning 
hajmi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi: mahsulot realizatsiyasi hajmiga
narhlarga, mahsulot birligi tannarxiga, foyda solig‘i stavkasiga, iqtisodiy 
rivojlanishning umumiy strategiyasiga asoslanuvchi iste’mol va korxonaning 
rivojlanishiga taqsimlash siyosatiga. 
Moliyalashtirishning o‘z manbalarini ahamiyatliligi bo‘yicha keyingisi 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling