46
Foyda qismidagi
kamchiliklarga to‘lovlarni
amalga oshmasligi, barterlar,
soliqqa tortish va sh.k. oqibatida manbalarning chegaralanganligini keltirish
mumkin; amortizatsiya qismi bo‘yicha: amortizatsiya
fondi hajmining inflyatsiya
darajasiga, nazoratning amaliy mexanizmini mavjud emasligi sababli maqsadsiz
ishlatish ehtimoliga bog‘liqligi.
Investitsiya
resurslarini shakllantirishning o‘z manbalarini sanab
o‘tilganlaridan
qolganlari, odatda, korxonaning investitsiya strategiyasini ishlab
chiqish jarayonida ko‘rib chiqilmaydi, madomiki ularning
shakllanishi taktik va
operativ rejalashtirishning predmeti hisoblanadi.
Aksiyadorlik moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslarning korxona
ustav kapitaliga qo‘yilmalarini bildiradi. Buning natijasida investorlar korxonaning
mulkdorlariga aylanadi. Moliyalashtirishning mazkur shakli bo‘yicha mablag‘larni
yig‘ish qimmatli qog‘ozlar bozori orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: