Mavzu:
SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH
YO`NALISHLARI
Reja:
1.
Sanoatda kooperatsiya
tushunchasi va uning shakllari;
2.
Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni
kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish;
3.
Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.
1. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari
Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni
kooperatsiya asosida amalga oshadi.
Kooperatsiya - bu ma`lum
mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat
bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar
va ular korxonalarining
davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida
buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini
hisobga olishini talab etadi.
Kooperatsiya xom
ashyo,
yoqilg`i
va
standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib
berish
bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi.
Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni
tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni
yaxshilash bilan
bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning
bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
buyumli (agregatli)
kooperatsiya;
-
texnologik kooperatsiya;
-
tarmoqlararo kooperatsiya;
-
iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: