Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayoninini tashkil etishning mohiyati
Korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirishning nazariy asoslari va zaruriyati
Download 385.34 Kb.
|
корхоналарда инновацион фаолиятни самарали ташкил этиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-chizma. Moliyaviy resurslarning mazmuni va ishlab chiqarish jarayonidagi moliyaviy-iqtisodiy o’zaro aloqadorligi.
3. Korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirishning nazariy asoslari va zaruriyati
Moliyaviy resurslar – bu murakkab iqtisodiy mezon bo’lib, ularni pul mablag’lari bilan to’liq tenglashtirish mumkin emas. Moliyaviy resurslar miqdor chegaralarini o’rnatishga asos bo’luvchi aniq mezonlarni va ularning pul mablag’laridan farqlarini yaqqol ajratib ko’rsatish qiyin. Moliyaviy resurslarning mohiyatini ta’riflash chog’ida ularning yalpi ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi funksional tayinlanishidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ushbu jarayon tovar va pul massasining harakati bilan tavsiflanadi, bir qancha bosqichdan iborat bo’lib, ularning har biriga tovar va pul oqimlari bir-biriga turlicha mos keladi. Moliyaviy resurslarning tarkibi ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga, uning samaradorligiga bog’liq hisoblanadi. Ishlab chiqarish qancha yirik va uning samaradorligi yuqori bo’lsa, moliyaviy resurslarning hajmi ham shuncha katta bo’ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan moliyaviy resurslar uning o’sishiga va takomillashuviga imkoniyat yaratadi. 1-chizma. Moliyaviy resurslarning mazmuni va ishlab chiqarish jarayonidagi moliyaviy-iqtisodiy o’zaro aloqadorligi. Hozirgi kunda korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri ularning mavjud ishlab chiqarish va moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, korxonada moliyaviy resurslarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari o’rtasida mutanosiblikka erishishdan iboratdir. Moliyaviy resurslar muayyan davr uchun takror ishlab chiqarish jarayoni moliyaviy natijasining miqdor ko’rsatkichlarini ifodalaydi. Bu chiqib ketayotgan asosiy fondlarni qoplashga, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jamg’armasi, jamoa iste’moliga yo’naltirilishi qonuniy hisoblangan pul mablag’laridir. Ushbu makroiqtisodiy ko’rsatkich balans xususiyatiga ega. Chunki u ham daromadlar, ham xarajatlar summasi ko’rinishidan taqdim etilishi mumkin. Moliyaviy resurslar – bu obyektiv makroiqtisodiy mezon bo’lib, uning mazmuni iqtisodiyotning moddiy-moliyaviy mutanosibligi bilan belgilanadi. Moliyaviy resurslar kirimi va sarflanishining tengligi shundan dalolat beradiki, milliy xo’jalikni rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish natijasida korxona va tashkilotlarda vujudga keladigan to’lovga layoqatli talab va davlat muassasalarining faoliyat ko’rsatishi yaratilgan moliyaviy resurslarga mos kelganligi bois, moddiy qobiqqa ega bo’ladi. Shuning uchun moddiy-moliyaviy mutanosiblik sharti moliyaviy resurslar summasining moddiy boyliklar hajmiga mosligi kabi va ular tushumi va sarflanishining tengligi sifatida tasvirlanishi mumkin. Umumxo’jalik barqarorligining zarur qismini moliyaviy resurslar tushumi va sarflanishining tengligi tashkil etadi. Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish salohiyatini tavsiflaydi va iqtisodiyotning ichki zaruriy elementi hisoblanadi. Moliyaviy resurslarning makroiqtisodiy toifa sifatidagi mazmuni jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish, moddiy va moliyaviy oqimlar mutanosibligini ta’minlashda ifodalanadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy resurslarlarini shakllantirishda bir necha omil ta’sir etishi mumkin. Shulardan eng asosiylaridan soliq solish tizimini aytish mumkin. Korxonalar moliyaviy resurslarining ortishiga va ulardan oqilona foydalanishda ham bir necha omil ta’sir qiladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt o’z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to’g’ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo’ladi. Iqtisodiyot oldiga qo’yilgan vazifalardan eng ahamiyatlisi uning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Samaradorlik xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati moliyaviy natijalarida o’z aksini topadi. Korxona moliyaviy resurslarini to’g’ri boshqarish uchun korxonaning moliyaviy ahvoli, resurslardan oqilona foydalanish samaradorligi, moliyaviy natijalari aniqlanishi hamda tahlil qilinishi kerak. Insoniyatning iste’mol tovarlariga, har xil boyliklarga, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari to’xtovsiz ortib bormoqda. Bu obyektiv holat bo’lib, uning talablarini hisobga olgan holda xo’jalik faoliyatini yuritish har kanday rivojlanishning zarur talabidir. Shuningdek, moliyaviy resurslarini shakllantirishda korxonalarga foyda keltiradigan asosiy manbalarning shakllanishiga e’tibor qaratishimiz zarur. Korxonalarga foyda keltiradigan asosiy manba yalpi daromaddir. Yalpi daromad tovarlarga qo’yilgan ustama baho va savdo chegirmasi hisobiga shakllanadi. Ustama baho ulgurji bahoga nisbatan foiz hisobida belgilanib, iste’molchilardan undirib olinadi. Agar korxonalar tovarlarni chakana savdo bo’yicha qabul qilsalar, u holda korxonalar tomonidan ular foydasiga savdo chegirmasi beriladi. Korxonaning harakatda bo’lgan moliyaviy resurslarining asosiy manbai sifatida sotilgan mahsulot yoki xizmat narxi qatnashadi va tushumni taqsimlash jarayonida uning turli qismlari pul daromadlari va jamg’armalari shaklini oladi. Moliyaviy resurslar, asosan, foyda va amortizasiya ajratmalari hisobiga shakllanadi. Shu bilan birga, moliyaviy resurslar manbalariga eskirgan mulkni sotishdan tushgan daromad, barqaror passivlar, turli maqsadli tushumlar kiradi. Korxonaning moliyaviy resurslarini ishlatish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: 1. Moliyaviy majburiyatlarni bajarishda tegishli moliya-byudjet tizimidagi organlarga to’lovlar (byudjetga soliq to’lovlarini to’lash, ishlatilgan kredit uchun foizlar to’lash va boshqalar). 2. Texnologiyani yangilash, nou-xau, ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqalar bilan bog’liq kapital xarajatlarga o’z mablag’larini jalb etish. 3. Moliyaviy bozordan sotib olinadigan qimmatbaho qog’ozlar uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish (aksiya, obligasiya va hokazo). 4. Moliyaviy resurslarni ijtimoiy rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan pul fondlarini tashkil etish uchun yo’naltirish. 5. Moliyaviy resurslarni xayriya, homiylik va boshqa maqsadlar uchun ishlatish. Moliyaviy resurslar barqarorligini ta’minlash uchun sohalarda byudjetlashtirish prinsiplarini muvofiqlashtirish lozim. Biz korxonalar moliyaviy resurslarining mamlakat iqtisodiyotidagi roli haqida to’xtalar ekanmiz, albatta, resurslar, shu jumladan, barcha yer usti va yer osti resurslari haqida to’xtalish joiz, deb hisoblaymiz. Tabiiy resurslar cheklanganligi, barcha ehtiyojlarimizni shundan kelib qoplashimiz zarurligi ma’lum. Shunday ekan, korxona moliyaviy resurslaridan ham oqilona foydalanish lozim. Bunday foydalanish nafaqat korxona, balki mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanishining asosi bo’lib xizmat qiladi. Bu mavzu bo’yicha quyidagi takliflarni kiritish mumkin. Soliq sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar hududlar va sohalar bo’yicha tahlil qilinib, iqtisodiyotdagi ulushi kamroq bo’lgan sohalarga preferensiyalar berilishi ular rivojiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Bu esa eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar investision faolligining oshishiga olib keladi. Download 385.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling