Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayoninini tashkil etishning mohiyati


Zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning ilmiy asoslari


Download 385.34 Kb.
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi385.34 Kb.
#1242028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
корхоналарда инновацион фаолиятни самарали ташкил этиш

4. Zamonaviy korxonalarda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning ilmiy asoslari.

Zamonaviy bozor sharoitida murosasiz raqobatning tobora kuchayib borishi korxonalarni yuqori darajadagi intellektual salohiyat va samarali texnologiyaga asoslangan innovasion faoliyatni tashkil etishni talab qilmoqda. Shu boisdan, innovasion faoliyat bilan bog’liq masalalarni hal etishda asosiy e’tiborni innovasiyalarni yaratuvchanlik salohiyat bilan birgalikda, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa mamlakatda innovasion faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar va ilmiy-tadqiqot muassasalari o’rtasida innovasion hamkorlikni yaxshilash, ularning moddiy ba’zasini yanada takomillashtirish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yaratilayotgan innovasiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish bo’yicha samarali mexanizmni shakllantirish kabi masalalarini hal qilish lozim.


O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida innovasiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o’sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovasiyalarni alohida korxonalar va qolaversa butun iqtisodiyotning faoliyat ko’rsatishiga ta’sirini muhim ahamiyati mamlakatimiz va xorijiy iqtisodchilar tomonidan tadqiq etilgan hamda o’rganilgan.
Umuman olganda "innovasion faoliyat" tushunchasi asosini “innovasiya” so’zi xarakterlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu tushunchaga o’zbek, rus va xorij adabiyotlarida ham ko’plab ta’riflar berilgan. “Innovasion faoliyat” atamasi negizida, ko’rinib turibdiki, avvalambor, “innovasiya” so’zi, ushbu so’z negizining o’zida esa, “novasiya” so’zi yotadi. O’zbek tili lug’atiga bu so’zlar xorijiy tillardan kirib kelgan. Chunonchi, inglizcha “innovation”, ruschasiga “innovasiya” so’zi lug’atlarda “novovedeniye”, “novatorstvo” sifatida talqin etilgan Rus tilida berilgan talqinga ko’ra, bu so’z o’zbek tiliga “yangilik kiritish”, “yangi usul”, “kiritilgan yangilik” kabi ma’nolarda tarjima qilingan va izohlangan. O’zbek tili izohli lug’atida “Innovasiya” atamasiga – iqtisodiyotda texnika va texnologiyaning yangi turlari (avlodlari)ni joriy etish maqsadida sarflangan mablag’lar tushunchasi sifatida kelitirilgan[2].
“Innovasiya” mohiyatan murakkab va ko’p qirrali jarayon bo’lib, bu iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil yondashuvlar bilan ham izohlanadi.
Xorijning iqtisodiy adabiyotlarida “innovasiya” salohiyatli ilmiy –texnik taraqqiyotni yangi mahsulotlar va texnologiyalar ko’rinishida ro’yobga chiqishi sifatida talqin qilinadi1.
Innovasion nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombrat, V.Mitcherxil, Y.Shumpeter tadqiqotlariga to’g’ri kelgan. Innovasiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga, dastlab, avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeterning hissasi beqiyosdir. U innovasion kon’yunktura siljishlari manbalarini tahlil qilish natijasida, ishlab chiqarishning yangi omillarini ajratib o’tgan [4].
M.Dodgsonning ta’kidlashicha esa «innovasiya – bu o’ziga ilmiy, texnologik, tashkiliy va moliyaviy faoliyatni mujassam etgan holda tijoratga yangi (yoki takomillashgan) mahulot, yoki yangi (yoki takomillashgan) ishlab chiqarish jarayonini, yoki yangi uskunani taklif etishdir» [5].
Shu jihatdan barcha innovasiyalar va innovasion jarayonlar yig’indisi innovasion faoliyatni vujudga keltiradi.
Innovasion faoliyat” – yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarish yangi texnologiyalari negizida raqobatdosh mahsulot (tovar) turlarini yaratish va tijoratlash jarayoni majmuasidan iborat. Bu jarayon g’oyaning paydo bo’lishi, uning maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan to ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi
Bizning fikrimizcha, innovasiya yutuqlarining iqtisodiy natijalari ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslarni, kishi boshiga mehnat unumdorligining oshib borishini, atrof-muhitning ekologik jihatdan ifloslanish darajasini kamaytirishni ta’minlashda, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohada band bo’lganlarning ish haqi va daromadlarining o’sib borishi, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash darajasini oshib borishi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlanib borishida ifodalanadi.
Bugungi kunda innovasiyalarni yaratishda xorij tajribasiga tayanib, ilmiy tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib amaliyotga joriy qilish muvofaqiyat keltiradi. Ammo, zamonaviy korxonalarning innovasion faoliyatini samarali tashkil etish jarayoniga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bularga:
–korxonaning innovasion salohiyati (korxonaning ilmiy salohiyati, xodimlarning innovasion biznes sohasidagi bilimlarga egalik darajasi, ilmiy-tadqiqotlarga jalb qilingan mutaxassislar soni, korxonaning innovasion mahsulot yaratishda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan laboratoriyalarning mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi);
– korxonaning joylashgan hududlar iqtisodiy salohiyati (faoliyat yurituvchi korxonalar soni va faoliyat turlari, ular o’rtasida raqobat muhitining shakllanganligi, ularning geografiyasidan kelib chiqib innovasiyalarni o’zlashtira olish imkoniyatlari);
– korxonaning kadrlar salohiyati (xodimlarning mutaxassisliklari va ilmiy darajalari, aynan innovasion mahsulot yaratish uchun jalb qilingan xodimlar soni va boshqalar);
– korxonaning investision salohiyati (innovasiyalarni yaratish yoki ularni amaliyotga tadbiq etishdagi xarajatlarni to’la moliyalashtirish imkoniyatlari, innovasiyalarni yaratishdagi tadqiqotlari va xodimlarning ish haqi bo’yicha salohiyati va boshqalar).
Zamonaviy korxonaning innovasion mahsulotlarni yaratishdagi ilmiy salohiyati unda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalarining sifati va soniga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xodimlarning xorijiy tajribalarga egaligi va o’z sohalari bo’yicha yetarli bilimga, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini tezkorlik bilan o’zlashtira olish qobiliyatiga egaligi, turli sohalarda mavjud muammolarni aniq ko’ra bilishi va o’z bilimlarini ana shu muammolarni hal etishda qo’llay olishi korxonalarning innovasion faolligini, yaratilgan innovasiyalarning ishlab chiqarishga tadbiq etilish imkoniyatini oshiradi.
Bugungi kunda respublikamizdagi ilmiy tadqiqot ishlari va innovasion faoliyatni samarali amalga oshirishga asos bo’luvchi bir necha me’yoriy hujjatlar mavjud. Bulardan, innovasion loyihalarni korxonalar faoliyatida tadbiq etish borasida “Innovasion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident qarorida xo’jalik yurituvchi subyektlarni innovasion rivojlantirish tarkibiy bo’linmalarining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilangan [1]:
1. Zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o’rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o’rta muddatli dasturlarini shakllantirish.
2. Mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish.
3. Amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini korxona faoliyati amaliyotiga tatbiq etish.
Ushbu qarordagi vazifalarni amalda qo’llash imkoniyati borasida respublikamizda ilmiy tadqiqot muassasalari va korxonalarning innovasion faoliyatiga ijobiy baho berish mumkin.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida innovasion mahsulotlarni yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etish borasidagi innovasion biznesni rivojlantirish lozim. Ushbu innovasion biznesni amalga oshirish yoki ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq etishda yetarli bilim va salohiyaga ega bo’lish kerak.
Innovasion biznes sohasida bilimlarga egalik darajasi deganda innovasiya yaratuvchi-ixtirochilarning ushbu innovasiyalarni amaliyotga joriy etish bo’yicha kichik korxonalarni tashkil etish va boshqarishda yetarli bilimga ega bo’lishi hamda ularni uzluksizligini ta’minlashni aytib o’tishimiz mumkin.
Mamlakatimizda innovasion tovar, ish va xizmatlarni yaratishda zamonaviy laboratoriya sharoida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, yangi bilimlarni o’zlashtirish borasidagi tadqiqotlarni izchil davom ettirish nechog’lik ahamiyatga ega hisoblanadi.
So’ngi yillarda innovasion faoliyat bilan shug’ullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassalari va korxonalar soni oshib bormoqda. Buning natijasida ishlab chiqilgan innovasion tovar, ish va xizmatlar hajmi oxirgi 5 yilda 1660.4 mliard so’mdan 7042.964 mliard so’mga o’sishi kuzatilgan .
Milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovasion faoliyatga e’tibor berish va uni rag’batlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarida xorijiy tajribalarni qo’llash va kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish asosiy omil bo’ladi.
Innovasion faoliyat uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga kerakli mutaxasislarni jalb qilish, ularda ilmiy-tadqiqot olib borish bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, korxonalarning innovasion salohiyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Innovasion mahsulotlarni yaratishda korxonalarning zamonaviy texnik jihozlar va axborot vositalari bilan ta’minlangan laboratoriyalarning mavjudligi ilmiy-tadqiqotlarning yuqori darajada o’tishini ta’minlash, murakkab ilmiy hisob-kitoblarni o’ta yuqori aniqlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
Korxonalarning innovasiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi innovasiyalarga bo’lgan talabning oshishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan bugungi kunning zamonaviy korxonalari innovasion faoliyatni samarali tashkil qilish uchun har bir innovasion jarayonni bozor talabidan kelib chiqib amalga oshirishi zarur.
Zamonaviy korxonalarda innovasion faliyat tarkibini innovasion jarayonlar tashkil etadi. Bu faoliyat bir necha jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, ular bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lgan innovasion jarayonlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
Yuqorida fikrlardan kelib chiqib, zamonaviy korxonalarda innovasion faoliyatni tashkil qilish va innovasiyalarni yaratishda, ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari bo’yicha quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
– korxonalarda asosiy e’tiborni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bilan birgalikda, mavjud ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ulardan samarali foydalangan holda innovasiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishga qaratish;
– zamonaviy korxonalar joylashgan mintaqada faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish;
– korxonalardagi laboratoriyalarni texnik jihatdan tubdan yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
– korxonalarda innovasion mahsulot yaratuvchi ixtirochilarga imkoniyat yaratish, xorijiy mutaxassislar va tajribali ilmiy tadqiqotchilar bilan o’quv kurslari yoki seminarlarni tashkil etish.
Shuni aytish joizki, zamonaviy korxonalarda innovasion faoliyatni samarali tashkil etishga bo’lgan bunday yondashuv ma’lum bir hudud doirasida korxonalarning innovasion faoliyatini jonlantirish va innovasion salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Bu esa, barcha turdagi korxonalarning innovasion faoliyatini rivojlantirish, ma’lum vaqt mobaynida kadrlarning ishlab chiqarish va investision salohiyatlaridan foydalanish u yoki bu innovasiya ko’rinishdagi olingan natijalarda namoyon bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, innovasion faoliyatni samarali tashkil etish korxonalarni rivojlanish uchun tanlangan strategik yo’nalishlarni yanada aniqlashtirishga asos bo’ladi. Zamonaviy korxonalarni rivojlantirishning yagona strategiyasi doirasida innovasion faoliyatni samarali tashkil qilish, avvalo, innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, ulardan foydalanish va amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan kadrlar, ishlab chiqarish, hududiy



Download 385.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling