Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

 
Mavzu: YOQILG’I
-
ENERGETIKA SANOATI 
REJA: 
1. Umumiy ma’lumot 
2. Yoqilg’i sanoati 
3. Ko’mir va neft sanoati 
4. Gaz sanoati , uran sanoati 
5. Elektr- energiya sanoati 
Energetika sanoati har qanday mamlakat yoki rayonning moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarishining asosini tashkil qiladi. Energetika sanoati 
xalq xo’jaligining asosiy bo’g’inlaridan bo’lib, u sanoat ishlab chiqarishini 
joylashtirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. U iqtisodiy rayonlarning 
ixtisoslashuvini ko’p jixatdan aniqlab beradi. 
Energetika sanoati yoqilg’i xom ashyosini qazib olish va iste’mol 
qilish, elektr energiya ishlab chiqarish va uni taqsimlash tarmoqlarining 
o’zaro va bir-biri bilan bog’langan yig’indisidir. Demak, yoqilg’i-
energetika majmuasi yoqilg’i va elektroenergetika sanoatining o’zaro bir-
biri bilan bog’langan tarmoqlari yig’indisidan iborat. 
Mamlakat yoki xudud qancha ko’p energiya ishlab chiqarsa va 
iste’mol qilsa, u shuncha ko’p maxsulot ishlab chiqaradi va iqtisodiy 
rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi. 
Energetika sanoatining xom ashyosi bo’lib, yoqilg’i (neft, gaz, 
ko’mir, torf, yonuvchi slanets, yog’och, uran) va gidroresurslar (daryo va 
dengiz oqimi, qalqish energiyalari) hisoblanadi. Hozirgi paytda energiyani 
noan’anaviy usullar bilan olishning rivojlanishi tufayli quyosh energiyasi, 


39 
shamol kuchi, yerning ichki issiqligi ham energetika xom ashyosi sifatida 
qaralmoqda. 
Yoqilg’i resurslari xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun 
energiya ishlab chiqarishning asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Ammo fan 
va texnikaning rivojlanishi bilan u yoki bu energiya manbaining xalq 
xo’jaligidagi ahamiyati o’zgarib turadi. 
Yoqilg’ining turli xillarini bir-biri bilan taqqoslash uchun ular shartli 
yoqilg’iga aylantiriladi. 
Shartli yoqilg’i deb, 1 kg yoqilg’i yonganda 7 ming kkal (29 MJ/kg) 
energiya beradigan, issiqlik koeffitsenti bir deb qabul qilingan yoqilg’iga 
aytiladi. 
Yoqilg’ini shartli yoqilg’iga aylantirish uchun, yoqilg’ilar haqidagi 
ma’lumotlarni tegishli issiqlik koeffitsentiga ko’paytiriladi. Hisoblashlarda 
1 kg shartli yoqilg’i o’rta hisobda 2 kVt/soat elektr energiyasiga teng deb 
ham qabul qilinadi, lekin bunda elektr stantsiyalarining foydali ish 
koeffitsenti hisobga olinadi.
Demak, jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1 kg toshko’mirning issiqligi 1 
kg shartli yoqilg’ining issiqligiga teng. Issiqligi kam bo’lgan yoqilg’i xom 
ashyolari torf, slanets, qo’ng’ir ko’mir va yog’och hisoblanadi. Shuning 
uchun ularni uzoq masofalarga tashib yurishning iqtisodiy foydasi yo’q. 
Ular maxalliy yoqilg’i bo’lib hisoblanadi. Qo’ng’ir ko’mir ham issiqlik 
koeffitsenti kam bo’lganligi sababli qazib olinadigan joyida va unga yaqin 
bo’lgan xududlarda ishlatiladi. Masalan, O’zbekistonda Angren ko’ng’ir 
ko’mir koni yaqinida «Angren», Nurobod shaharchasida «Yangi Angren» 
GRESlari kurilgan. Ushbu GRESlarda ko’mir yoqilib, olingan 
elektroenergiya iste’molchilarga jo’natiladi, chunki ko’mirning kuli ko’p 
bo’lganligi uchun uni o’zoq masofaga tashish iqtisodiy jixatdan o’zini 
oqlamaydi. 
Yoqilg’i resurslarining qiymati faqat ularning kaloriyasigagina 
bog’liq bo’lmay, balki undan foydalanish imkoniyatiga hamda qazib olish 
harajatlariga ham bog’liq. Eng tejamli yoqilg’i xom ashyosi neft va gazdir, 
chunki ularni qazib olish va quvurlar orqali iste’molchiga jo’natish 
arzonga tushadi. 
Maxsulot birligini olish (yoki 1 t yoqilg’i qazib olish) uchun 
sarflangan va pulda ifodalangan barcha harajatlar maxsulot tan narxi deb 
ataladi. 
Muayyan vaqt davomida ma’lum bir xududda (mamlakat, iqtisodiy 
rayon, viloyat va h.k.) yoqilg’i va energiyaning turli xillarini qazib olish
xom ashyosini qayta ishlash va iste’mol qilish umumiy hajmini va 


40 
tarkibini ifodalaydigan barcha ko’rsatkichlar yoqilg’i-energetika balansi 
deb ataladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling