Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

 
YOQILG’I SANOATI 
Yoqilg’i sanoati yoqilg’i xom ashyosini qazib olish va uni 
iste’molchiga yetkazib berish tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Yoqilg’i 
sanoati ko’mir, neft, gaz, torf, yonuvchi slanets, uran rudasi qazib olish 
hamda yog’och tayyorlashdan iborat. 
Quyosh elektr stansiyalari, yoki geliostantsiyalar AQSH, Fransiya, 
Ispaniya, Yaponiya va Ukrainada; geotermal elektr stantsiyalar AQSH 
(Geyzer stantsiyasining quvvati 1 mln/kVt), Rossiya, Filippin va Italiyada; 
qalqish stantsiyalari Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda; shamol elektr 
stantsiyalari AQSH va Daniyada qurilgan. 
Elektr energiyasi jahondagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqariladi. 
Ammo bir yilda 100 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 
faqat 13 ta davlat bor (AQSH, Rossiya, Yaponiya, Kanada, Germaniya
XXR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Braziliya, Xindiston, Polsha, 
Norvegiya). O’zbekistonda bir yilda 50 mlrd. kVt/soatdan ortiq 
elektroenergiya ishlab chiqariladi. 
Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha jahonda 
Norvegiya (26 ming kVt/soat), Kanada (17 ming kVt/soat), Shvetsiya (14 
ming kVt/soat), AQSH (11 ming kVt/soat) yetakchi. 
Rossiya, Ukraina, Vengriya, Fransiya, Shveytsariya, Kanada elektr 
energiyasini eksport qiladi, Italiya, Niderlandiya, AQSH import qiladi. 
Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda qatnashadigan 
va bir-biri bilan elektr liniyalari va turlari bilan bog’langan yirik elektr 
stantsiyalar birlashmasi energiya tizimi deb ataladi. Energiya tizimlari 
quyidagi turlarga bo’linadi: lokal (shahar, rayon), zonal (rayonlararo), 
milliy (butun mamlakat) va xalqaro (masalan, O’rta Osiyo) energiya 
tizimlari. 
Demak, energetika sanoati xo’jalikning eng muhim tarmoqlaridan 
biri bo’lib, uning rivojlanish darajasi ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, turli 
mamlakatlar va xududlar aholisining turmush darajasi bilan bog’liq. 
Energetika sanoatining tarkibiy qismlari chizmada ko’rsatilgan. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling