Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
41 YOG’OCH TAYYORLASH Yog’och insoniyat tarixida bir necha ming yillar davomida asosiy yoqilg’i manbai bo’lib keldi. Natijada juda ko’p o’rmonlar yo’q bo’lib ketdi yoki maydoni keskin qisqardi. Ko’mir, neft, gaz va boshqa yoqilg’ilarga o’tilgandan keyin yog’ochni yoqilg’i sifatida ishlatish keskin kamaydi. Ammo hozir ham baland tog’ mintaqalarida, cho’llarda, ekvatorial-tropik mintaqalarda (janubiy o’rmon mintaqasi) joylashgan qoloq davlatlarda yog’och yoqilg’i sifatida hamon ishlatilmoqda. Yog’och eramizning XVI asrlarigacha asosiy yoqilg’isi bo’lib keldi. KO’MIR SANOATI Ko’mir sanoati ko’mirni qazib olish (ayrim xollarda boyitish, briket qilish) va iste’molchiga yetkazib berishdan iborat. Asrimizning boshlaridan boshlab ko’mir insoniyatning yoqilg’iga bo’lgan extiyojini 70 foizini qondira boshladi (Hozir 20—25 foiz). Ko’mir hozirgi paytda jahonda 60 mamlakatda qazib olinadi, ammo faqat 10 davlat (XXR, AQSH, Rossiya, Germaniya, JAR, Xindiston, Avstraliya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Polsha) yiliga 100 mln tonnadan ortiq ko’mir qazib oladi. Jahondagi eng yirik ko’mir xavzalari bo’lib, Appalachi (AQSH), Donetsk (Ukraina), Kuznetsk (Rossiya), Yuqori Sileziya (Polsha), Rur (Germaniya), Fushun (XXR) hisoblanadi. Ko’mirning 90 foizi qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, faqat 10 foizigina eksport qilinadi. Ko’mir eksport qiladigan davlatlar AQSH va JAR hisoblanadi. Qazib olinadigan ko’mir sifati jixatidan xilma-xil bo’lib, u ayrim rayonlarning geologik tuzilishi va ko’mir hosil bo’lish jarayonlarining turli bosqichlari bilan bog’liq. Toshko’mir bilan qo’ng’ir ko’mir bir-biridan farq qiladi. Qo’ngir ko’mirning toshko’mirga aylanishi uglerod miqdorining ko’payishiga bog’liq. Toshko’mir kokslanadigan va kokslanmaydigan bo’ladi. Donetsk, Kuznetsk, Appalachi, Rur, Fushun, Qarag’anda va Pechora xavzalari kokslanuvchi ko’mirga boy. Qo’ngir ko’mirda nam va ho’l miqdori ko’p bo’ladi, bu esa uning issiqlik berish hususiyatini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ulardan energetik yoqilg’i hamda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Yirik qo’ng’ir ko’mir xavzalari Rossiya (Moskva ostonasi, Chelyabinsk), Germaniya va Xitoyda joylashgan. Ko’mir ochiq, yopiq (shaxta), gidravlik va yer tagida gazga aylantirish usullarida qazib olinadi. 42 Ko’mir qazib olishning eng ilg’or va afzal usuli uni ochiq usulda, karerlardan qazib olishdir. Bunday usulda ishlovchilar ishchi yer tagida ishlovchi ishchiga qaraganda 6 barobar ko’p miqdorda ko’mir qazib chiqaradi. Karer qancha katta bo’lsa, harajat shuncha kam bo’ladi. Ko’mir juda ham chuqurda joylashgan va tabiiy-geografik sharoit murakkab bo’lsa, yopiq (shaxta) usulda qazib olinadi. Dastlab ko’mir asosan shu usulda qazib olingan. Hozirgi paytda ko’mirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qo’llanilmoqda. Ko’p xollarda ko’mir yer tagida to’gridan-to’gri gazga aylantirish yo’li bilan ham qazib olinadi. Bunda hosil bo’lgan gaz bevosita iste’molchilarga quvurlar orqali o’zatiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling