Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

GAZ SANOATI 
Sanoatning bu tarmog’i asosan XX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab rivojlana boshladi. Tabiiy gaz hozir jahonda 60 dan ortiq 
davlatlarda qazib olinadi. Ammo yiliga 50 mlrd m3 gaz qazib oladigan 
davlatlar faqat Rossiya, AQSH, Niderlandiya va Kanada hisoblanadi. Gaz 
sanoatining asosiy hususiyati shundan iboratki, u qazib olingan davlatda 
ishlatiladi, ya’ni kam eksport qilinadi. 
Gaz sanoati gazni qazib olish, qayta ishlash va uni iste’molchiga 
yetkazish tarmoqlaridan iborat. 
Gaz yoqilg’ining eng arzon turi. Gaz sanoatda ham, aholining 
ro’zg’orida ham ishlatiladi. Gaz tutun chiqarmaydigan yoqilg’i, u 
batamom yonib tugaydi va atmosferani iflos qiladigan chiqindilar ajratib 
chiqarmaydi. Gaz qazib olish tan narxi ko’mir tan narxidan 10—12 marta 


44 
pastdir. Ayni vaqtda, gaz arzon kimyo xom ashyosi hisoblanadi. Gaz 
iste’molchilarga quvurlar orqali yoki suyultirilgan holda jo’natiladi. 
 
TORF SANOATI 
Torf qazib olish, uni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib 
berishdan iborat. Torf o’simliklarni chala parchalanishi natijasida 
botqoqlarda kislorod miqdori kam bo’lgan sharoitda hosil bo’ladigan tog’ 
jinsi. Tabiiy holda juda katta namlikka ega (88—94 foiz). Torf konlari 
asosan tekisliklarda ko’proq tarqalgan. Torf yoqilg’i maqsadlarida, 
qishloq xo’jaligida, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Kelajakda kimyo 
sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish ko’zda tutilmoqda. 
Jahondagi torf konlari zaxiralarining 2/3 qismi Rossiyaga to’g’ri 
keladi (138 mlrd tonna quruq torf) va asosan igna bargli o’rmonlar 
xududida tarqalgan. Torf konlari zaxirasining qolgan 1/3 qismi 
Skandinaviya davlatlariga, Polsha, Germaniya, Irlandiya, Kanada, 
Indoneziya, Estoniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarga to’gri keladi. 
Torfning issiqlik berish koeffisienti 3000—4000 kaloriya. Agar 
torfni koksga aylantirilsa, yoki undan briketlar tayyorlansa, yoqilg’ining 
sifati oshadi. Uni gazga aylantirish ham mumkin. Torfdan olinadigan gaz 
sanoatning 
metallurgiya, 
mashinasozlik, 
oynasozlik 
va 
boshqa 
tarmoqlarida ishlatiladi. Bir tonna torfdan olingan gaz 220 kg neftga 
tengdir. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling