Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

NEFT SANOATI 
Ushbu sanoat tarmog’i XX asrning o’rtalaridan boshlab jahon 
energetika sanoatida yetakchi o’rinni eg’allab kelmoqda. Neft xalq 
xo’jaligida g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Undan yoqilg’ining turli xillari, ko’p miqdorda kimyo maxsulotlari, 
surkov moylari olinadi. Ichki yonish dvigatellari bug’ mashinalarini siqib 
chiqara boshlagandan keyin, benzin, kerosin hamda boshqa neft 
maxsulotlari ishlab chiqarila boshlangandan keyin, shuningdek bu 
maxsulotlar motor va reaktiv yoqilg’i sifatida qo’llaniladigan bo’lgandan 
keyin neftning yoqilg’i sifatidagi ahamiyati nixoyatda ortib ketdi. Neft 
maxsulotlaridan kimyo sanoatining turli tarmoqlari uchun, ayniqsa organik 
sintez uchun foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. 
Neft xom ashyo xolida ishlatilmaydi, qayta ishlash natijasida, undan 
turli xil yoqilg’i va yangi kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qayta 
ishlashdan chiqqan moy elektrostantsiyalarda yoqilg’i sifatida ishlatiladi. 
Neftni qazib olish ko’mirni qazib olishdan o’rta hisobda 4 barobar arzon 
tushadi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida neftdan foydalanish juda 
ko’p mablag’ni tejashga imkon beradi. 
Neftning tan narxiga uning qanday chuqurlikda yotgani emas, balki 
konning qanchalik kattaligi, bitta burg’u qudug’idan naqadar ko’p neft 
olish mumkinligi ko’proq ta’sir ko’rsatadi. 
Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan usuli bo’lib, bunda neft 
quduqlardan neft-gazning bosimi ta’sirida otilib chiqadi. Vaqt o’tgan sari 
bosim asta-sekin pasaya boradi va uni turli usullar bilan oshirib turiladi. 
Bosim kam yoki butunlay yo’q joylarda neftni nasoslar yordamida qazib 
olinadi. 


43 
Neft jahondagi 80 ga yaqin davlatda qazib olinadi, ammo bir yilda 
100 mln t dan ortiq neft qazib oladigan davlatlar bor-yo’gi 7 ta: Rossiya, 
AQSH, Saudiya Arabistoni, Meksika, Buyuk Britaniya, Eron, Xitoy. 
Jahonda neft qazib olish bo’yicha Rossiya, AQSH va Saudiya Arabistoni 
yetakchi hisoblanadi. 
Jahondagi eng yirik neft xavzalari G’arbiy Sibir (Rossiya), Texas 
(AQSH), Meksika qo’ltig’i (AQSH, Meksika), Fors qo’ltig’i (Eron va 
Arab davlatlari), Shimoliy dengiz hisoblanadi. Ammo neft zaxiralarining 
asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. Bu esa neftni 
uzoq masofalarga tashishga olib keladi. Jahon dengiz transportida 
tashiladigan yuklarning asosiy qismini neft tashkil qiladi. Hozirgi paytda 
asosiy neft tashish yo’nalishlari quyidagilar: Fors qo’ltig’idan G’arbiy 
Yevropaga, Shimoliy Afrikadan Janubiy Yevropaga, Venesueladan 
Shimoliy Amerikaga, Rossiyadan Sharqiy Yevropaga. 
1960 yilda neft qazib olish va uni sotish narxini tartibga solib turish 
maqsadida neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) tuzildi. Ushbu 
tashkilotga 13 ta davlat a’zo bo’lib kirgan: Birlashgan Arab Amirliklari
Venesuela, Gabon, Jazoir, Indoneziya, Iroq, Qatar, Quvayt, Liviya, 
Nigeriya, Eron, Saudiya Arabistoni, Ekvador.
Neft sanoati faqat neft qazib olish bilan emas, balki uni qayta ishlash 
bilan ham shug’ullanadi. Hozirgi paytda neftni qayta ishlash korxonalari 
iste’molchiga yaqin qurilmoqda, chunki turli tayyor maxsulotlarni 
tashigandan ko’ra, neftni tashish arzonga tushadi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling