Aylanma mablag'lar bandligi koeffisiyentinmg kattaligi aylanuvchanlik koeffisiyentiga teskari miqdordir. U 1 so'm sotilgan mahsulotga sarflangan aylanma mablag' miqdorini tavsiflaydi, ya'ni: - Aylanma mablag'lar bandligi koeffisiyentinmg kattaligi aylanuvchanlik koeffisiyentiga teskari miqdordir. U 1 so'm sotilgan mahsulotga sarflangan aylanma mablag' miqdorini tavsiflaydi, ya'ni:
- Kb = Q :R .
- Bunda: Kb - aylanma mablag'larning bandligi koeffisiyenti.
- Bir aylanish davomiyligi kun hisobida - davrdagi kunlar sonini aylanuvchanlik koeffisiyentiga bo'lish bilan topiladi:
- A =Dh:K yil
- Bu yerda: Dh - davrdagi kunlar soni (360, 90).
- Aylanma mablag'larning aylanish muddati qancha qisqa yoki sotilgan mahsulotning o'sha hajmda aylanishlar soni qancha ko'p bo'lsa, aylanma mablag'lar shuncha kam talab qilinadi. Va, aksincha, aylanma mablag'lar qancha tez aylansa, ulardan shuncha samarali foydalaniladi.
Hozirgi paytda aylanma mablag’lar aylanish tezligini oshirish dolzarb vazifalardan bo’lib hisoblanadi va bunga quyidagi yo’llar bilan erishiladi:
- ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil etish bosqichida – zaxiralarning iqtisodiy jihatdan asoslangan meoyorlarini joriy etish, resurs yetkazib beruvchilarni isteomolchilarga yaqinlashtirish; to’g’ridan – to’g’ri uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish; material va jixozlarning ulgurji savdosini rivojlantirish; omborda yuklash – tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va boshqalar.
- Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida – fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirish (ilg’or texnika va texnologiya joriy etish, hamda robotlashtirilgan komplekslar, rotor liniyalarini joriy etish, ishlab chiqarishni ximiyalashtirish) sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish, shakllarini takomillashtirish, arzonroq konstruktiv materiallar ishlatish; xom-ashyo va yoqilg’i – energetika resurslari tejashni iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish, yuqori talabga ega bo’lgan mahsulot ulushini oshirish va boshqalar.
- Muomala bosqichida – mahsulot ishlab chiqaruvchilarni uni isteomol qiluvchilarga yaqinlashtirish; hisob – kitob tizimini takomillashtirish, sotilgan mahsulot hajmini oshirish, buyurtmalarni to’g’ridan – to’g’ri aloqalar bo’yicha bajarish va muddatidan ilgari mahsulot ishlab chiqarish, tejalgan materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarish, isteomolchilarga jo’natilgan mahsulotlarni partiyalar, turlar, tranzit meoyorlari bo’yicha o’z vaqtida guruhlash, tuzilgan shartnomalarga qatoiy rioya qilgan holda isteomolchilarga tovar jo’natish va boshqalar.
Айланма маблағларнинг айланишини тезлаштириш учун курашда ҳар бир корхона уларнинг ишлаб чиқариш ва муомалада бўлиш муддатини қисқартиришга эришиши зарур. Гап шундаки, айланма маблағларнинг муомала соҳасида секин ҳаракатланиши корхонанинг бу воситалардан ишлаб чиқаришда фойдаланишда эришган ютуқларини йўққа чиқаришдан ташқари, уларнинг умумий айланишини ҳам секинлаштириши мумкин. Шу сабабли тайёр маҳсулотни истеъмолчига етказиб беришни тезлаштириш ёки маҳсулотни реализация қилиш муддатини қисқартириш ҳам айланма маблағларнинг айланишини тезлаштиришнинг муҳим йўли ҳисобланади.
Do'stlaringiz bilan baham: |