Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo‘llari Ishlab chiqarish harajatlari
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MAHSULOTLARNING RAQOBATBARDOSHLILIGINI
Download 1.18 Mb.
|
Industrial iqtisodiyot
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MAHSULOTLARNING RAQOBATBARDOSHLILIGINI
Iqtisodiyot hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2014 yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar birinchi navbatda energiya resurslari iste'molini qisqartirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan texnologik jarayonlarni va moddiy-xom ashyo resurslari sarfi, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlari normalarini ratsionalizatsiyalashtirish hamda mehnat unumdorligini o‘stirish, boshqaruv va sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish, boshqa omillar hisobiga amalga oshiriladi.
Xo‘jalik birlashmalarida va yirik korxonalarda yig‘ma parametrlar bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini o‘rtacha 10 foizga pasaytirish, shu jumladan, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga 8,3 foizga pasaytirish bo‘yicha takliflar ma'qullandi. Vazirlik, idora, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga ushbu qaror bilan ma'qullangan tarmoq bo‘yicha tannarxni pasaytirishning yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘n kun muddatda o‘z tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni pasaytirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling