Sanoatkontexnazorat
-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qo‘llash
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qo‘llash
30. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 31. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 32. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, erga ulash, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 33. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz ishchilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi. 34. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari to‘plami bo‘lmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi. 35. Namuna olishda himoya ko‘zoynagi va qo‘lqoplarda ishlash lozim. Ko‘zni himoyalash 25.04.2023, 12:21 Стр. 5 из 24 uchun himoya ko‘zoynagidan, o‘ta xavfli vaziyatlarda — maskali gazniqobdan foydalaniladi. 36. Ko‘zoynakning oynasi, gardishi va korpusini vaqti-vaqti bilan sovunli suv bilan yuvish va yumshoq salfetka bilan quruq holga kelgunicha artish lozim. 37. Tashkilot ishchilari amaldagi me’yorlarga binoan sovun, shuningdek qo‘lni kislotalar ta’siridan saqlovchi pasta va kremlar bilan ta’minlanishlari kerak. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling