Sanoatkontexnazorat


-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
47. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli
sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan
xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
48. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom
(ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi
lozim.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 9-yanvardagi 6-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat raqami 2015-1, 15.01.2014-
y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 3-son, 42-modda)
49. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan
tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ma’muriyat ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
50. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan
holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy
xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
51. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud
bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy
ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan
yakunlanishi lozim.
52. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik
dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha
tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
53. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra
tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
54. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling