Sanoatkontexnazorat


-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

2-§. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil
etish
25.04.2023, 12:21
Стр. 3 из 24


13. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari
bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan
o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
14. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar,
rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini
sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash
to‘g‘risidagi 
namunaviy nizomga
(ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga
oshirilishi lozim.
15. Ma’muriyat barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotganlar
uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va
baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart.
16. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni
muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi 
nizomga 
(ro‘yxat raqami
870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu
yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ro‘yxati
17. Texnik etil spirti ishlab chiqarish xodimlari uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli
omillar xosdir:
ish joyi hududi havosini changlanishi va gazlanishi (etil spirti, karbonat angidrit,
formaldegid va boshqalar);
shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (yuqori harorat, nisbiy
namlik, havoning harakatlanish tezligi).
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli
omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik,
mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘irligi ish joylarini
mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
19. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga
ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq
zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va
xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat
sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bug‘, gaz, chang ko‘rinishida
ajratishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik
tarkibi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga
muvofiq bo‘lishi lozim.
21. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib
keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy
qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
22. Tashkilot hududi va xonalar ish joylaridagi tovushning bosim darajasi va tovush
balandligi ruxsat etilgan ko‘rsatkichlardan oshmasligi lozim.
23. Tashkilot xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi,
bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot
talab qilish huquqiga egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling