Sanoatkontexnazorat
-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlariga
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
6-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qo‘yish shart-sharoitlariga
qo‘yiladigan talablar 38. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin. 39. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim. Oldingi tahrirga qarang. (40-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YuB-18-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son) 41. Mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun ish bajaruvchi, shuningdek alohida sex ustalari mas’ul ijrochilari hisoblanadi. Ularga topshirilgan obyektlar doirasida quyidagilarni bajaradilar: har bir ish joyida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha dastlabki yo‘l-yo‘riq berish, xavfsiz mehnat usullari bo‘yicha kundalik nazoratni olib borish va xodimni o‘qitish; xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish; zinapoya, o‘tish yo‘llari va ariqlarni ish joyi to‘siqlarini yaroqlilik holatiga javob berishini ularning o‘z vaqtida ta’mirlanishini, xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishini, ish joylari, yo‘laklar va harakat yo‘llarining yoritilganligi darajasini nazorat qilish; xavfli ish joylarini xavfsiz mehnat usullari bo‘yicha ogohlantiruvchi yozuvlar, plakatlar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish, ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashish; 42. Ish ustasi ish joyida yo‘l-yo‘riqdan o‘tmagan, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bo‘lmagan shaxslarni ishga qo‘ymasligi kerak. 43. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha qo‘yiladigan oshirilgan talablar: xodimlarning bunkerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang kameralari, qorishtirgichlar, siloslashda, filtrlarda, mazut saqlash uchun rezervuarlarda va tonnelli, kovakli hamda issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli kameralarda va boshqa yopiq sig‘imlarda bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan tayyorlov, tozalov va ta’mirlov ishlarni; ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yig‘ish, qismlarga ajratish, o‘rta va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni; binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni bajarishning xavfsiz usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bermasdan va mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man etiladi. 44. Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi to‘g‘risidagi masalani muayyan ishning turi, 25.04.2023, 12:21 Стр. 6 из 24 murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab mas’ul ish rahbari hal qiladi. Muhandis- texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz bajarilish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ishlab chiqaruvchi xodim sifatida tayinlanishlari mumkin. 45. Mas’ul rahbar va ishlab chiqaruvchi xodim vazifalarini bir shaxs tomonidan birga qo‘shib olib borishi taqiqlanadi. 46. Naryad-ruxsatnoma bo‘yicha ishlab chiqaruvchi xodimni qo‘shib, tarkibida ikki kishidan kam bo‘lmagan brigada bajarishi kerak. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling