Sanoatkontexnazorat
-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Download 262,76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
65. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsiyalash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim. 66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim. 67. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak. 68. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rta og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak. 69. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak. 70. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak 10-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar 71. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 72. Tashkilotning ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak. 73. Tozalangandan so‘ng suvda zararli moddalarning tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari o‘rnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi lozim. 74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari bo‘lmagan taqdirda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 75. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak. 76. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak. 25.04.2023, 12:21 Стр. 8 из 24 77. Sanoat tashkiloti hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim. Oldingi tahrirga qarang. 78. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi bo‘lmaganida sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi. (78-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YuB-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son) Download 262,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling