Sanoatkontexnazorat
-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qo‘yiladigan talablar
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
87. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida GOST 12.1.003-83, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 88. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agar u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush 25.04.2023, 12:21 Стр. 9 из 24 so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish; tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga o‘xshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qo‘yish taqiqlanadi; ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolatsiyalangan xonalar tashkil qilish; ishchilarning eshitish a’zolarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash. 89. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak. 13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qo‘yiladigan talablar 90. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga: kiyim almashtirish, yuvinish, cho‘milish, ayollarning shaxsiy gigiyenasi, chekuvchilar, ishlovchilarni isinish, dam olish, quritish, ish kiyimini changsizlashtirish va yog‘sizlantirish, kir yuvish xonalari kiradi va ular QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim. 91. Ovqat iste’mol qilish uchun maxsus binolar jihozlanadi. Suvni faqat ichimlik favvoralaridan yoki gazlangan suv avtomatidan ichishga ruxsat etiladi. 92. Ishlab chiqarish binolarining ish joylaridan hojatxona, chekish joylari, isinish xonasi, dushxona, ichimlik suvi ta’minoti moslamalarigacha bo‘lgan masofa 75 m dan ko‘p bo‘lmasligi, ishlab chiqarish maydonchalaridagi ish joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 93. Kiyim yechish xonasi, dushxona va dushxona oldi xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, maxsus kiyimning changdan tozalash, quritish uchun xonalarning devorlari va to‘siqlari, yuvish vositalarini qo‘llab, issiq suv bilan yuvish mumkin bo‘ladigan materiallardan qilingan, balandligi kamida 2 m bo‘lishi lozim. 94. Ishlab chiqarish xonalarida ko‘zni yuvish uchun favvorachalar, terini yuvish uchun bosimi katta bo‘lgan dushlar, shuningdek sexda dori qutichasi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. 95. Har bir smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishi lozim. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling