Sanoatkontexnazorat
-§. Uskunalarni joylashtirish
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
2-§. Uskunalarni joylashtirish
248. Ishlab chiqarish uskunalarining joylashtirilishi xavfsizlikni, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligini ta’minlashi, texnologik jarayon ketma-ketligi talablariga va texnologik loyihalashning tasdiqlangan me’yorlariga javob berishi lozim. 249. Sex yo‘laklari bo‘sh, xomashyo va tayyor mahsulot bilan band bo‘lmasligi, sex ichki 25.04.2023, 12:21 Стр. 19 из 24 transporti harakatlanish hududidan holi joyda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatishning qulayligini ta’minlashi lozim. 250. Yo‘lak oraliqlari uchun minimal masofalar poydevor, izolatsiya, to‘siq va shu kabi qo‘shimcha qurilmalarni hisobga olgan holda, uskunalarning eng turtib chiqqan qismlari oralig‘ida belgilanadi. 251. Ishlab chiqarish uskunalari, quvur o‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazish va tekshirish tashkilotning texnikaviy rahbari tasdiqlagan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 252. Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish tashkilotlarining foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasi (texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomasi)ga muvofiq bajarilishi lozim. 253. Montaj yoki ta’mirlash ishlari barcha operatsiyalarni amalga oshirish ketma-ketligi, uskunalarning yechiladigan qismlarining joylashtirilishi nazarda tutilgan ishlarni bajarish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim. Ishlar tashkilot bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar tarkibidan mas’ul shaxs rahbarligida amalga oshirilishi kerak. 254. Uskunalarni joylashtirishda quyidagi masofalar nazarda tutilishi kerak: odamlar doimiy o‘tadigan yo‘lakda — kamida 1,5 m; devor va uskuna oralig‘idagi yo‘lakda — kamida 0,8 m; uskunalarning turtib chiqqan qismlari o‘rtasida — kamida 0,8 m; sig‘imlar oralig‘ida (quvuro‘tkazgich armatura bo‘lmaganda) — kamida 0,3 m; elektr lavhalardan uskunalarning turtib chiqqan qismlarigacha — kamida 1,25 m. 255. Sig‘imlar oralig‘idagi yo‘lakning kengligi yo‘lakdan ko‘chiriladigan uskunalar kengligining 1 m ga orttirilganidan kam bo‘lmasligi kerak. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling