Sanoatkontexnazorat
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar
Download 262,76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Uskunalarga qo‘yiladigan asosiy talablar 25.04.2023, 12:21 Стр. 17 из 24 221. Texnik etil spirti ishlab chiqaradigan tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq har bir alohida turi, ularni tayyorlash va foydalanishda tasdiqlangan texnikaviy shartlari talablariga javob berishi, xomashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulotga tegadigan texnologik uskunalar esa, gigiyena sertifikati va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. 222. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuro‘tkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvur o‘tkazgichlar”, shuningdek mazkur Qoidalar, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”da bayon etilgan qurilish me’yorlari va qoidalariga javob berishi, shuningdek xizmat ko‘rsatishda, ta’mirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi lozim. 223. Asbob-uskunalar tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi bug‘ o‘tkazgichlar, elektr o‘tkazgichlarning tasodifan shikastlanish ehtimolini istisno qilishi kerak. 224. Asbob-uskunalar konstruksiyasi elementlari ishlovchilarni jarohatlashi mumkin bo‘lgan uchli qismlar va notekis yuzalarga ega bo‘lmasligi lozim. 225. Barcha harakatlanuvchi uzellar, yuritmalar, asbob-uskunalarning uzatma mexanizmlari, ularning qismlari (shkivlar, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskuna korpusining ichida joylashishi kerak. Konstruksiya ichiga joylashning imkoni bo‘lmaganda, yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar nazarda tutilishi kerak. 226. Muhofaza to‘sig‘ining tuzilishi qo‘shimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarmasligi, uskunalarga xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmasligi kerak. 227. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qat’i nazar, yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar bilan yopilgan bo‘lishi kerak. 228. To‘siqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali bo‘lishi kerak. 229. Tishli va zanjirli uzatmalar taxtalangan tunukadan to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Harakatchan qismlarining to‘siqlari nosoz yoki yechilgan mashina va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi. 230. Faqat uskuna to‘liq to‘xtatilgandan so‘nggina asbob-uskunani ta’mirlash yoki tozalash uchun to‘siqni yechishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yo‘l qo‘yiladi. 231. Vertikal texnologik sig‘imlar kamida ikkita lyukka ega bo‘lishi, ulardan biri yon devorining quyi qismida, ikkinchisi esa qarama-qarshi yon tomonning yuqori tubida joylashishi kerak. 232. Dumaloq shakldagi quyi lyukning diametri kamida 450 mm, ellips shaklidagining o‘lchami esa, o‘qlar bo‘yicha kamida 300 x 450 mm bo‘lishi kerak. 233. Qabul qiluvchi bunker va ta’minlovchi shnekning tuzilmasi uzumni bunkerdan to‘liq chiqarib tashlanishini ta’minlashi lozim. 234. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalari tarkibida yoki alohida ishlaydigan avtomat, press va mashinalarning barcha harakatchan qismlari avtomatik moylovchi asboblar yoki asbob-uskunalarni ishga tushirguncha to‘ldiriladigan yetarlicha sig‘imga ega sig‘imli yog‘donlar bilan ta’minlanishi zarur. 235. Mashina, apparatlar, truboprovodlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolatsiya qilinishi lozim. 236. Portlashdan xavfli binolar (texnik etil spirti omborlari, apparat bo‘limi) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishi imkoniyatiga qarshi quyidagi choralar bilan ta’minlanishi lozim: 25.04.2023, 12:21 Стр. 18 из 24 a) o‘rnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam bo‘lmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo bo‘ladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak; b) tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan bo‘lishi yoki moyli muhitda turishi kerak, lyuklardagi boltlar, ko‘chiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qo‘l jihozlari va asboblar zarba paytida uchqun paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydigan bronza, jez va boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak. 237. Qiya transportyorlar, konveyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning o‘z-o‘zicha teskari harakatga yo‘l qo‘ymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan ta’minlanishi kerak. 238. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan narsaning oxirgi o‘lchamlarining eng kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan ta’minlanishi lozim. 239. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan so‘ng, elektr uzatmasining o‘z-o‘zicha ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan nolli blokirovka bilan ta’minlanishi lozim. 240. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlash uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega bo‘lishlari lozim. 241. Oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning o‘zida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak. 242. Bu liniyaning avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga o‘z-o‘zicha almashuviga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 243. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini ta’minlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega bo‘lishi kerak. 244. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot bo‘ling, avtomatik yoqiladi” plakatlari osilgan bo‘lishi lozim. To‘la avtomatlashgan zavodda bunday plakatlar talab qilinmaydi. 245. Uskunani ishga tushirish va to‘xtatish jihozlarida xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay bo‘lgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda, ish joyining bevosita o‘zida o‘chiradigan uskuna ko‘zda tutiladi. 246. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyerlar ularga xizmat ko‘rsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani to‘xtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim. 247. Tashkilotda namunaviy yo‘riqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlab chiqarish yo‘riqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qo‘yilishi lozim. Download 262,76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling