Sanoatkontexnazorat


-§. Yong‘in va portlash xavfi bor suyuqliklar


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

6-§. Yong‘in va portlash xavfi bor suyuqliklar
200. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan
moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin
bankalar (shisha idishlar) da saqlanishi lozim. Bankalar qopqog‘i jips yopiladigan, devori va
tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi lozim.
201. Yashik yetib borish uchun qulay, yo‘laklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda
joylashtirilishi kerak. Yashik qopqog‘ining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez
alangalanuvchi suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy me’yorlari ko‘rsatilgan aniq
yozuv tushirilgan bo‘lishi kerak.
202. Tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun shisha idishning sig‘imi 1 l dan oshmasligi,
sig‘imi kattaroq bo‘lganda esa germetik yopiladigan metall g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.
203. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar)
saqlash qat’iyan man qilinadi.
25.04.2023, 12:21
Стр. 16 из 24


204. Ishlar yakunlangandan so‘ng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xona (ombor)
ga chiqarilishi lozim.
205. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib, sovuq va qorong‘i xonada
saqlanishi lozim, chunki uni yorug‘da saqlaganda portlovchi modda — etil perekisi hosil
bo‘ladi.
206. Tez alangalanuvchi va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq,
sinmaydigan idishda yoki g‘ilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
207. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yong‘indan xavfli
suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
208. Tez alangalanuvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilatsiya
ishlab turgan tortuvchi shkaflarda va gaz yondirgichlar va elektr asboblari qat’iyan o‘chirilgan
holatda o‘tkazilishi lozim.
209. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish
qat’iyan taqiqlanadi.
210. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, texnik etil spirti va
hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur
moddaning qaynash haroratiga bog‘liq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan to‘ldirilgan
idishlarda amalga oshirilishi kerak.
211. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek
barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish qat’iyan taqiqlanadi.
212. Yuqoriroq qizish haroratiga ega bo‘lgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba
qizdirgichlarda qizdirilishi lozim.
213. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan barcha apparatura to‘la
tuzatilgan bo‘lishi, kontaktlardan uchqun chiqishining oldini olish lozim.
214. Benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt
uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalarning laboratoriya havosiga hatto
ozroq bug‘lanishi bilan bog‘liq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi javonda amalga
oshirilishi lozim.
215. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bug‘lantirish taqiqlanadi.
Bug‘lantirish paytida bir muncha qismi kolbada qolishi kerak.
216. 0,5 l dan ko‘p miqdordagi tez yonuvchan moddalarni qizdirishda asbob ostiga
avariya holatida suyuqlikning to‘kilishini oldini olish maqsadida yetarlicha hajmli kyuvet
(vannacha) qo‘yilishi kerak.
217. Yoqilg‘i suyuqliklari bilan ishlaganda ishlatilgan idishlar ishlar tugagandan so‘ng
darhol yuvib tashlanishi kerak.
218. Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya
yoki bu suyuqliklarni yo‘qotish uchun olib ketilishi lozim bo‘lgan maxsus germetik
berkitiluvchi idishga yig‘ish lozim. Yoqilg‘i suyuqliklarini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
219. Yong‘in va portlashda xavfli suyuqliklar tasodifan to‘kilganda gaz goryelkalari,
qizdirish asboblari darhol o‘chirilishi, tashqaridagi umumiy elektr o‘chiruvchi bilan xona uzib
qo‘yilishi, to‘kilgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘lganda qo‘shni xonalardagi barcha qizdirish
asboblari ham o‘chirilishi, to‘kilgan joyga qum sepilishi lozim.
220. Yoqilg‘i moddalarining alanga olgan holatida (yong‘in paydo bo‘lganda) maxsus
yo‘riqnomaga muvofiq yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilishi zarur.

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling