Sanoatkontexnazorat


-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

4-§. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
167. Laboratoriya xonalari qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob
berishi lozim.
168. Umumiy oqma-so‘rma ventilatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi
moslamalar (javonlar) yoki havoni so‘rib olish uchun ventilatsiya qurilmalari bilan jihozlangan
bo‘lishi kerak.
169. Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in
jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya
qilishlari shart.
170. Moddalar va materiallar laboratoriyada qat’iy navlari bo‘yicha saqlanishi kerak.
O‘zaro kimyoviy ta’siri yong‘in yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni
25.04.2023, 12:21
Стр. 14 из 24


birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
171. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarni chiqishiga to‘sqinlik qilmaydigan
tarzda o‘rnatilishi kerak. Uskunalar oralig‘idagi eng kam yo‘l qo‘yiladigan masofa 1 m dan kam
bo‘lmasligi lozim.
172. Zaharli moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa
xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilatsiyasiga
bog‘liq bo‘lmagan havo so‘ruvchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
173. Zararli va yonuvchi bug‘ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan
tortuvchi shkaflar yuqori va qo‘yi so‘rmalar, shuningdek, suyuqlikning polga oqib tushishini
oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
174. Javonning 15—20 sm ga ochib qo‘yilgan tabaqalari ko‘ndalang kesimida havoning
tezligi 0,5 dan 0,7 m/s atrofida bo‘lishi lozim.
175. O‘ta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1 dan 1,2
m/s oralig‘ida bo‘lishi kerak.
176. Tortuvchi shkaflar germetik gaz o‘tkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan
elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida,
shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni bo‘ylab tortuvchi shkafdan tashqarida
joylashishi kerak.
177. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish
stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi, kislota va ishqorlar
bilan ishlashga mo‘ljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yonmaydigan
materialdan yon devori bo‘lishi kerak.
178. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida
joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilishi
kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan
yuvish xonasi mavjud bo‘lib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
179. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak: ulardan biri zararli va hidi kuchli
moddalarni yo‘qotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi
esa sodali va toza suv bilan yuvish uchun.
180. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisob-kitob qilinishi lozimki, ishchi
xonalarning havosidagi zaharli portlovchi gazlar, bug‘lar va changning amaldagi
konsentratsiyasi amaldagi SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik me’yorlar. Ishchi hududi havosidagi
zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan eng ko‘p miqdori”da belgilangan eng ko‘p yo‘l
qo‘yiladigan miqdoridan ortib ketmasligi kerak.

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling