Sanoatkontexnazorat
-§. Kislotalar va ishqorlar
Download 262.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2015 сон 12 10 2009 Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari
5-§. Kislotalar va ishqorlar
181. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yog‘inlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak. 182. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi. 183. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar qo‘yiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, to‘kilgan kislotani maxsus idishga yo‘naltiradigan tarnovlar tomon qiyaligi bo‘lishi lozim. 184. Kimyoviy moddalar omborlari to‘kilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 185. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam to‘qilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi. 25.04.2023, 12:21 Стр. 15 из 24 186. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlarni qo‘lda ikki kishi uzog‘i bilan 25 m masofaga tekis yuza bo‘ylab tashishga yo‘l qo‘yiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim. 187. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest to‘shalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi. 188. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich ko‘zoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qo‘lqoplardan, ayrim paytlarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim. 189. Kislota va ishqorlar bilan saqlagich ko‘zoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi. 190. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoxud qo‘l nasoslari vositasida quyish zarur. 191. Oltingugurt kislotasini tayyorlash uchun uni suvga tizillagan oqim bilan quyib, tinmay aralashtirib turish kerak. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi. 192. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yo‘riq olgan tajribali ishchilar tomonidan ochilishi kerak. Shu maqsadda temir iskana va bolg‘a ishlatish taqiqlanadi. 193. Bo‘shagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilib, eritish yo‘li bilan tozalanishi lozim. 194. Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga o‘rnatish ko‘tarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim. 195. Bo‘shagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi. 196. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik bo‘laklarini sekin-asta qo‘shib borish zarur, bunda ishqor bo‘laklarini faqat qisqich bilan ushlash darkor. O‘yuvchi ishqorlarning katta bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) bo‘lagi bilan yopib, mayda bo‘laklarga maydalash zarur. 197. To‘kilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum to‘kilishi, neytrallanishi va shundan so‘nggina yig‘ishtirilishi lozim. Shisha parchalarini cho‘tka va xokandoz yordamida yig‘ib olish zarur. 198. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida to‘planishi va neytrallanganidan so‘ng kanalizatsiyaga, loyli o‘raga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga mo‘ljallangan boshqa joyga to‘kilishi kerak. 199. Kislota va ishqorlardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim. Download 262.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling