Sanoatkontexnazorat


II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar


Download 262.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana30.04.2023
Hajmi262.76 Kb.
#1408777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
 2015 сон 12 10 2009  Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari

II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat
muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust)
namunaviy nizomga
muvofiq amalga oshiriladi.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi 
namunaviy nizomga
muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari
quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat).
7. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir
ishlarni bajarish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 
12-moddasiga 
muvofiq ishlab
chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan
har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati
tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan
mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan
tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
25.04.2023, 12:21
Стр. 2 из 24


Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy
etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos
xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (ro‘yxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.)
buyrug‘i
 tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
9. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga mehnatni muhofaza qilish
va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar o‘z vaqtida
bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-
sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish
o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan
attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga 
muvofiq yuritiladigan ish joyining
mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan
o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum
mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (ro‘yxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.)
buyrug‘i
 tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy
xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati
tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (ro‘yxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.)
buyrug‘i
 tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar
va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-
iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va
xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini
tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi 
nizomga
muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2022-yil 1-fevraldagi
25/YuB-18-sonli 
qarori
 (ro‘yxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son)

Download 262.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling