Bog’bon –
hoy bolalarim, meni battar qiyin ahvolga
solib qo’ydingiz – ku?
Qaysi biringiz
ni javobingiz
to’g’ri?
- Qani o’quvchilar, Bilag’onning javobi to’g’rimi yoki
Bilmasvoying javobi to’g’rimi? Sizlar a ytinglar – chi?
Bir o’quvchi
chiqib masalani tushuntirib, yechimizni
topib beradi.
O’quvchi: Bilag’onning javobi to’g’ri.
Bog’bon:
- Barakalla, o’g’lim. Rahmat senga Bilag’on,
sen to’g’ri topibsan.
- Bilmasvoy, sen esa ustozlar o’gitiga
quloq solib
ko’proq dars tayyorla, xo’pmi?
Bilmasvoy: (Uyalib) - Xo’p, bobojon.
O’quvchilar masalani qisqa
shartini va yechimizni
daftarga yozadilar.
Masalaning qisqa sharti.
Keltirildi – 10 kg dan 5 yashik shaftoli.
Sotildi – 40 kg shaftoli.
Qoldi - ? kg
Yechish:1) 10 • 5 = 50
2) 50 – 40 = 10
Javob: Sotiladigan yana 10kg shaftoli qolgan.
O’qituvchi o’quvchilarni baholab boradi.
5-shart. Sardorlar bahsi.
O’quvchilar ingliz tilida 1 dan 10 gacha va 10 dan 1
sonigacha chapga sanaydilar.
“Olg’a qadam o’yini”.
Bu oyinda guruh sardorlari qatnashadi. O’qituvchi 1 dan
9 gacha bo’lgan raqamlarni ingliz tilida aytadi. Har bir
guruh sardoriga 5 tadan raqam qo’yiladi. Har bir raqam
aytilganda o’quvchilar
shu raqamlar ustiga qadam
qo’yadilar. Noto’g’ri qadam bosgan guruh sardori
o’yinni tark etadi.
V. Dars yakuni.
O’qituvchi: - Bugun biz nimalarni o’rgandik?
Guruhda
ishlash sizga yoqdimi? Jadvalni yod olish bizga nima
uchun kerak? Guruh ishida sizga kimlar yordamlashdi?
Kabi savollar orqali o’quvchilar fikri tinglanadi.
G’olib guruh aniqlanadi.
Darsda faol qatnashga
o’quvchilar rag’batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
Darslikdagi 6-7 misollar uy ishi sifatida beriladi.
Misollar ishlash yo’llari tushuntiriladi.
O’quvchi:
Har bir gap-u so’zimiz,
Go’yo oyna ko’zgo’miz.
Aytgan harbir so’zimizda,
Ko’rinamiz o’zimiz.
Qanday yaxshi so’z kalom,
Odob boshi Assalom.
Xush yoqadi hamma vaqt,
Rahmat xo’p xo’p marhamat.
So’ngi so’z ham alomat,
Xayr, bo’ling salomat!