Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Turli toifadagi personalni ishga yollash xususiyatlari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
10.4. Turli toifadagi personalni ishga yollash xususiyatlari
Turli xil lavozimlar har xil tanlov texnikasini talab qiladi. To‘g'ri texnikani tanlash sizga lavozim uchun eng yaxshi odamni tanlashga yordam beradi. Siz tanlagan tanlov usullari lavozim uchun zarur bo‘lgan ma'lum ko‘nikmalar, xususiyatlar va bilimlarga bog'liq bo‘ladi. Yollash bo‘yicha qarorlar faqat bitta tanlov usulining natijalariga asoslanmasligi kerak. Nomzodlar ko‘nikmalari, bilimlari va fazilatlarini baholash uchun ko‘pincha rekruter ikki yoki undan ko‘p texnikani birlashtirishi kerak. Masalan, ish namunalari nomzodning nimaga qodirligini baholashning eng yaxshi usuli hisoblanadi, ammo ular nomzodning har kuni nima qilishi to‘g'risida ma'lumot bermaydilar. Suhbat nomzodning taqdimoti va muloqot qobiliyatini, va ish sohasidagi madaniy muvofiqlikni baholash, barcha "nomzodlar" bilan tanishish uchun foydalidir. Intervyu ikki tomonlama jarayondir. Xulq-atvor va vakolatlarga asoslangan usullardan foydalanib, suhbat samaradorligini sezilarli darajada oshirish mumkin. Suhbatning ushbu formati xatti- harakatlarga asoslangan savollar orqali ko‘nikmalar, xususiyatlar va xulq- atvorni baholashni o‘z ichiga oladi. Nomzodning o‘tmishdagi xatti-harakatlaridan, shuningdek u yangi lavozimda duch keladigan holatlarga o‘xshash vaziyatlarda aniq misollar keltiradigan savollardan foydalanish, shunga o‘xshash vaziyatlarda nomzodning kelajakdagi xatti-harakatlarni bashorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Assessment markazi odatda keng ko‘lamli yoki ommaviy yollash mashqlari uchun foydalaniladi. Baholash markazlari turli xil murakkabliklarga ega va odatda o‘qitilgan maslahatchilar tomonidan olib boriladi. Ularni boshqarish qimmat va murakkab bo‘lishi mumkin va odatda ko‘p sonli odamlarni yollashda samaraliroq bo‘ladi. Oddiy baholash bir yoki 158 ikki kun ichida o‘tkazilishi mumkin va intervyu, yozma testlar va individual va guruh mashqlari kabi bir qator usullardan foydalangan holda bir qator nomzodlarni baholovchilar mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Baholovchilar nomzodlarning ishlashi to‘g'risidagi dalillarni barcha mashqlar asosida yig'ib, yakuniy jamoaviy qarorga kiritadilar. Intervyu va boshqa tanlov usullari bilan taqqoslaganda, testlar yanada ob'ektiv va ishonchli. Bundan tashqari, ular miqdoriy ma'lumotlarga tayanadilar va noto‘g'ri fikrlarni yo‘q qilishga yordam beradi. Biroq, bu usulning kamchiliklari bor. Birinchidan, u kamdan-kam hollarda butun tasavvurni beradi. Ikkinchidan, nomzodlar halol bo‘lmasligi mumkin. Ba'zi testlar noaniq bo‘lishi mumkin, bu esa natijalarga ta'sir qiladi. Eng yaxshisi nomzodlarni aniqlash uchun, ishga kirishdan oldin testlarni, yuzma-yuz suhbat, guruh suhbatlari, birgalikda yollash va boshqa tanlov usullaridan foydalanish kerak. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling