Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich.
11.2. Adaptatsiya bosqichlari Yangi xodimni moslashtirish jarayonini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin, ularning har biri muayyan moslashuv tadbirlarini amalga oshirishni va moslashuvning maxsus vositalaridan foydalanishni anglatadi. 1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich. 2. Kirish: kompaniyadagi xodimning birinchi kuni. 3. Tanishish va umumiy orientatsiya: ishning birinchi haftasi. 3.1. Kompaniya bilan tanishish; 3.2. Bo‘lim bilan tanishish; 4. Lavozimga kirishish; 5. Xarakatli moslashuv; 6. Faoliyat yuritish 7. Tugallash: 7.1. baholash: sinov muddati tugashidan ikki hafta oldin (agar moslashish davri davomiyligi sinov davri davomiyligiga tenglashtirilgan bo‘lsa); 7.2. qaror qabul qilish: sinov muddati tugashidan uch kun oldin (agar moslashish davri davomiyligi sinov davri davomiyligiga tenglashtirilgan bo‘lsa); Xodimlarning har bir toifasi uchun (lavozimga va boshlang'ich tayyorgarlik darajasiga qarab), moslashuv vositalarining o‘ziga xos to‘plamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Adaptatsiyani boshlashdan oldin, yangi ishchining tayyorgarlik darajasini o‘rganish kerak, chunki moslashtirish choralarining individual to‘plami shunga bog'liq bo‘ladi. Agar farqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, unda yaxshisi moslashtirish dasturini turlicha mazmunda qilish kerak. 168 Har bir bosqichning xususiyatini va ularning har birida aniq nima qilish kerakligini ko‘rib chiqamiz: 1. Yangi xodimning kompaniyaga ishga chiqishidan oldingi bosqich. Ish joyini tayyorlash. Agar, masalan, gap ishlab chiqarish bo‘limi xodimini haqida bo‘lsa, ish uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskunalarni va ish kiyimini oldindan tayyorlash kerak (xodimning kiyim- kechaklar o‘lchami haqidagi ma'lumot suhbat bosqichida to‘ldiradigan so‘rovnomaga kiritilishi mumkin). Agar gap ofis xodimi haqida bo‘lsa, unda ish joyi uning kelishi uchun tayyorlanishi kerak: stol, stul, kompyuter va boshqa jihozlar. Ushbu muammoni hal qilish uchun, agar bo‘lajak xodimning lavozimi yangi ish joyi bo‘lsa, ishga qabul qilishdagi arizaga yangi ish joyini jihozlash zarurligi to‘g'risidagi band kiritilishi mumkin, bu esa ho‘jalik bo‘limi va IT xizmatiga zarur mebel va jihozlarni sotib olish bo‘yicha o‘z harakatlarini rejalashtirishga imkon beradi. Do‘konda sotuvchi-maslahatchi kabi kompaniyadagi eng ko‘p sonli lavozimlarning ishini osonlashtirish uchun ishga kirishish rejasini tuzing. Bunday hujjatning hajmi bir varaqdan oshmasligi kerak. Murabbiyni aniqlang. Agar kerak bo‘lsa, xodimni korporativ o‘quv markazida o‘qitish uchun guruhlarga qo‘shib qo‘ying. Yangi hodim to‘plamini tayyorlang. Xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuboring, agar bu majburiy bo‘lsa, masalan, kimyo sanoatida shunday. Jamoaga yangi xodim haqida ma'lumot bering. Agar rahbar lavozimga yangi ishci olingan bo‘lsa, u ishga chiqishidan avval jamoa bilan tanishishtiring. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling