Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murabbiy rahbarligida faoliyat olib borish
11.4.
Adaptatsiya jarayonida shogirtchilikning ahamiyati. Hodimlarning og’ir adaptatsiya sabablari. Shogirdchilik yangi tizim emas. Yirik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra bu tizim o‘zini ishga qabul qilishda ham, yangi lavozimga o‘tkazishda ham xodimlarni adaptatsiyasi va ularni o‘qitishning samarali usuli sifatida namoyon qildi. Shogirdchilikning afzalliklari shubhasizdir, chunki yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tizim ishga qabul qilish paytida stress darajasini pasaytiradi, xodimlar kollektivi va tashkilotning korporativ madaniyati bilan tanishish jarayonini samaraliroq qiladi va ish vazifalari o‘zlashtirishni tezlashtiradi. Bu, ayniqsa, tashkilot xodimlarining aksariyati ish staji minimal bo‘lganda yoki umuman bo‘lmaganda (universitet bitiruvchilari) juda muhimdir. Murabbiy rahbarligida faoliyat olib borish Murabbiy - bu malakali mutaxassis, professional yoki tajribali ishchi, undan boshqa ishchilar maslahat, tavsiya olishlari mumkin. Adaptatsiya vaqtida xodim murabbiyga biriktiriladi, bu esa asosiy faoliyat haqidagi buyruqda rasmiylashtiriladi. Xodimning moslashuvi bo‘yicha murabbiyning joriy faoliyati korxonada tasdiqlangan adaptatsiya va murabbiylik to‘g'risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Xodimni o‘qitish jarayoni minimal nazariyani o‘z ichiga olishi kerak, e'tibor tashkilotning amaliy faoliyatiga qaratilishi kerak. Bundan tashqari, o‘quv jarayonining o‘zi xodimning ish joyida amalga oshiriladi, ya'ni mijozlar va hamkasblar bilan haqiqiy hayotiy vaziyatlarga ta'sir qiladi. Shunday qilib, xodim moslashish davrida murabbiy rahbarligida: • shaxsiy adaptatsiya rejasini ishlab chiqishda qatnashadi; • rejaga muvofiq ishlarni bajaradi; • ilmiy yoki ishlab chiqarish faoliyatining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-texnik adabiyotlarni, me'yoriy-uslubiy hujjatlarni, fan va texnika yutuqlarini mustaqil ravishda o‘rganadi; • ish bajarish texnikasi va usullarini takomillashtiradi. Adaptatsiya paytida rahbarning nazorat tekshiruvlarini o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir. Bu nafaqat yangi ishchining ishni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatishni ta’minlabgina qolmay, balki uning ishga bo‘lgan munosabatini ham ko‘rish imkonini beradi: u o‘z vazifalariga qanchalik jiddiy yondashishi, korxonaga, topshiriqlarga qanday munosabatda bo‘lishini o‘rganish imkonini beradi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling