Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-BOSQICH. Baholash. Yakuniy bosqich
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
4-BOSQICH. Baholash. Yakuniy bosqich
Ushbu bosqichda xodim va murabbiy faoliyati natijalari adaptatsiya davrida aniqlashtiriladi. Shu bilan birga, quyidagilarni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv qo‘llaniladi: • murabbiy va yangi xodimning birgalikdagi ishi natijalarini sarhisob qilish; • yangi xodimga anketa savollari berish; 178 • murabbiyning baholash varag'ini to‘ldirish. Ba'zi hollarda yangi xodimlar (tinglovchilar) uchun egallangan bilimlar darajasini, ishlash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholashga qaratilgan topshiriqlar yoki testlar berilishi mumkin. Moslashish muddati tugagandan so‘ng, xodim bo‘lim boshlig'i bilan suhbat (test sinovi) shaklida yakuniy attestatsiyaga taklif qilinadi. Attestatsiya komissiyasi moslashish jarayonini ham baholashi mumkin. Adaptatsiya natijalari shaxsiy moslashuv rejasida ko‘rsatilgan vazifalarga muvofiq testlarni va (yoki) suhbatlarni o‘z ichiga olgan nazorat tadbirlariga muvofiq belgilanadi. Adaptatsiya dasturi tugagan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay bo‘lim boshlig’i va (yoki) murabbiy xodimning sinovdan o‘tganidan keyingi natijalarini baholash varag'ini tayyorlaydi. Xodimning baholash varag'i imzolangan holda taqdim etilishi kerak. Agar murabbiylik davrida yangi xodim ishda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan va attestatsiyadan (intervyu) muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u adaptatsiya va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi va ishga qabul qilinadi. Bo‘lim boshlig'i unga mehnat munosabatlari davom etishi to‘g'risida xabar beradi. Agar xodim qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatsa va attestatsiyadan (suhbatdan) o‘tmasa, u holda unga nisbatan yangi murabbiylik davri belgilanishi mumkin yoki u mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilishi mumkin. Shaxsiy reja va moslashish dasturining bajarilish darajasiga ko‘ra murabbiyning faoliyati murabbiylik qilingan xodimning ishiga qarab baholanadi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling