Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-BOB. KORXONA/TASHKILOTLARDA REKRUTMENT JARAYONINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH 12.1. Personalni qidirish, tanlash, yollash va adaptatsiya jarayonining
- KPI yoki Key Performance Indicators
- Oddiy KPI Xosilaviy ko‘rsatkichlar
- KPI ni ishlab chiqishning 3 ta asosiy tamoyillari
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 1. Adaptatsiya nima? 2. Adaptatsiya jarayonining qanday turlari mavjud? 3. Yangi hodimni moslashtirish jarayoni qanday bosqichlardan iborat? 179 12-BOB. KORXONA/TASHKILOTLARDA REKRUTMENT JARAYONINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH 12.1. Personalni qidirish, tanlash, yollash va adaptatsiya jarayonining tahlili Personalni qidirish, tanlash, yollash va adaptatsiya jarayonining tahlil qilishda asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Kadrlar xizmati samaradorligini va aniqrog'i rekruting jarayonini baholash usullaridan biri bu KPI - asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanishdir. KPI yoki Key Performance Indicators - asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridir. Bu atama ba'zan "natijaviylikning asosiy ko‘rsatkichlari" deb ham tarjima qilinadi, ammo bu holat kamroq uchraydi. Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimidan rivojlangan sho‘balar tarmog'iga va katta bosh idoraga ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar foydalanadi. KPI rekruterlarning samarali vositasi bo‘lib, quyidagilarga imkon beradi: Xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash. Ish jarayoni davomida samaradorlikni saqlashni nazorat qilish. Ish jarayonini boshqarish. Xodimlar oldiga aniq maqsadlarni qo‘yish. KPI turlari: Oddiy KPI Xosilaviy ko‘rsatkichlar Natija KPIsi miqdoriy yoki sifat jihatidan ifodalanadi. Xarajarlar KPIsi har xil xarajatlarni ko‘rsatadi. Unumdorlik KPIsi natija va sarf qilingan vaqt o‘rtasidagi bog'liqlikni ko‘rsatadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlari natija va sarflangan resurslarning nisbatlarini aks ettiradi. KPI ni ishlab chiqishning 3 ta asosiy tamoyillari 1-tamoyil: KPI (asosiy ko‘rsatkichlar) sodda va oson bilan o‘lchanadigan bo‘lishi kerak. Shu tarzda ularni taqqoslash va hisoblashda xatolaridan qochish mumkin. 2-tamoyil. O‘lchov xarajatlari KPIni amalga oshirish foydasidan past bo‘lishi kerak. Ko‘rsatkichlarni o‘lchash bo‘yicha juda murakkab va qimmat jarayon KPIga o‘tishning barcha afzalliklarini bekor qiladi. 180 3-tamoyil. O‘lchov natijalari ishda ishlatilishi kerak. Agar siz ko‘rsatkichlarni faqat hisobot uchun o‘lchasangiz va keyin boshqa choralarni ko‘rmasangiz, unda o‘lchovlar ma'nosizdir. KPIning afzalliklari: xodimlar 20-30% samaraliroq ishlaydi; xodimlar birinchi navbatda qanday vazifalarni bajarishi kerakligini tushunadilar; xodim ishining orqada qolgan ko‘rsatkichi bo‘yicha tuzatadi; muammolar ular paydo bo‘lish bosqichida aniqlanishi mumkin; ish haqini adolatli hisoblash; moddiy rag'batlantirishning samarali tizimi. KPI ning kamchiliklari barcha ko‘rsatkichlar miqdoriy jihatdan o‘lchanishi mumkin emas (masalan, ta'lim, tibbiyotda); KPI tizimini amalga oshirish juda qimmat, ko‘p vaqt va mehnat talab qiladigan protsedura. har bir ko‘rsatkichni o‘lchash va batafsil tavsiflash kerak; birinchi navbatda, xodimlar yangi tizimga qarshi bo‘lishadi. tushuntirish, ishontirish va qayta tayyorlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Agar kompaniya uchun KPI ning ko‘proq afzalliklari bor deb hisoblansa, rekrutment jarayoni ko‘rsatkichlarni hisoblashni va tizimni joriy etishni boshlash lozim bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, buning uchun vaqt, kuch va biroz harajat kerak bo‘ladi. Ko‘pgina ishchilari bo‘lgan yirik kompaniyalarda KPIni hisoblash eng uzoq vaqtni oladi. Bunday holda, tashqi mutaxassislarni jalb qilish yoki tashkilot xodimlarining katta ishchi guruhini yaratish yanada oqilona. Natijaviylikni tahlil qilish va baholash - xodimlarni boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun zaruriy shartdir. Kadrlar bo‘limi faoliyatini samarali boshqarish, xususan, uning ishini baholash uchun qanday vositalardan foydalanish mumkin? Ushbu savol menejerlarni ham, kadrlar xizmati xodimlarini ham birday tashvishga solmoqda. Muvaffaqiyatga olib boradigan yo‘llardan biri - bu asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimidan foydalanishdir. 181 Jarayonning samaradorligini qanday baholash mumkin? Bunga nima ta'sir qiladi? Bu, albatta, ma'lum bir jarayon uchun moddiy xarajatlar va vaqtning nisbati, shuningdek jarayonning miqdoriy va sifat natijalaridir. Shunga ko‘ra, har qanday jarayonning samaradorligini xarajatlar, vaqt, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari (indekslari) ning kombinatsiyasi orqali o‘lchash mumkin. O‘lchov tizimini qanday qurish mumkin? Bu bir qarashda ko‘ringan darajada qiyin emas. O‘lchov tizimiga kiritilishi mumkin bo‘lgan to‘rtta o‘zgaruvchi sinfini ajratish mumkin (rasmga qarang). Rekruting uchun KPIni ishlab chiqishning birinchi bosqichida rekruting jarayonini tahlil qilish, uning tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatash va ularni tasniflash kerak. Masalan: "Odamlar" sinfi: rekruter va ish qidiruvchi; "Buyumlar" sinfi: kompyuter, tanlov uchun arizalar, ish qidiruvchi rezyumesi va boshqalar; "Jarayonlar" sinfi: interv’yu o‘tkazish jarayoni; "Natijalar" sinfi: ish qidiruvchi yollash to‘g'risida qaror qabul qilish. Turli xil ko‘rsatkichlar tavsifiga turli xil o‘zgaruvchilar ta'sir qiladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling