177
Murabbiyning maqsadi - yangi xodimni imkon qadar tezroq 100% lik
unumdorlikka olib chiqish.
Moslashuv davrida murabbiyning asosiy vazifalari qo‘yidagilar
hisoblanadi:
1. Bo‘lim (bo‘lim) boshlig'i bilan birgalikda xodimga individual
adaptatsiya rejasini tayyorlash.
2. Xodimlar kollektivi bilan professional aloqalarni o‘rnatish.
3. O‘z amaliy tajribalarini xodimga o‘rgatish
va xodimning mijozga
yo‘naltirilgan ko‘nikmalarini rivojlantirish.
4. O‘z bilimlari, ko‘nikmalari yordamida xodimni lavozim ishlarining
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish jarayonini tezlashtirish.
5. Yangi ishchida mehnatga ijobiy munosabatni rivojlantirish va h.k.
Murabbiylar yordamida adaptatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish
1-BOSQICH. Kirish. Tayyorlash (1–3 kun)
Yangi xodimlar (tinglovchilar) uchun moslashuvning ushbu
bosqichida
ish joyini, texnik jihozlarni va boshqalarni tayyorlashga
qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, murabbiy xodimning moslashish davri uchun shaxsiy ish
rejasining loyihasini tayyorlaydi va tuzadi. Agar kerak bo‘lsa,
ish uchun
qo‘shimcha texnik jihozlardan foydalaniladi.
2-BOSQICH. Tanishuv (1-2 kun)
Ushbu bosqichning nomidan uning maqsadi ma’lum: bu vaqtda yangi
xodim o‘z bo‘linmasining xodimlari bilan tanishadi. Bundan tashqari, ish
joyining
tayyorligi darajasi, kadr hujjatlarining tayyorlash tekshiriladi,
xodim barcha ichki meyoriy hujjatlar va ishga
qabul qilish uchun zarur
bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish
bo‘yicha ko‘rsatmalardan o‘tadi va hokazo.
3-BOSQICH. Adaptitsiya. Yangi xodimni o‘qitish dasturi (1-3 oy)
Bu asosiy bosqich: xodimga kasbiy masalalar tushuntiriladi, tashkiliy,
axborot, kasbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, bu
vaqtda yangi xodimning lavozimga tez va samarali
kirishiga qaratilgan
treninglar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: