Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
-BOB. REKRUTING KOMPANIYALARNING TURLARI
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlash obekti.
- Ish texnologiyasi.
- Mukofot tarkibi.
13-BOB. REKRUTING KOMPANIYALARNING TURLARI
13.1. Rekruting agentliklari tasnifi Rekrutment infratuzilmasining rivojlanishi bir qator belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin bo‘lgan rekruting agentliklarining ma'lum bir tuzilmasining shakllantirishga yordam berdi: 1) hajmi bo‘yicha: - katta; o‘rta; kichik. 2) faoliyat geografiyasi bo‘yicha: - xalqaro; hududlararo; mahalliy. 3) tarkibi bo‘yicha: - keng qamrovli xizmatlarni ko‘rsatadigan agentliklar (xodimlarni izlash va saralash, qo‘shimcha xizmatlar); tarmoq agentliklari (agentliklarning yagona sherik tarmog'i; mintaqaviy filiallarga ega bosh agentlik); saralash agentliklari (filial va bo‘linmalar tarmog'iga ega emas); 4) xizmatlar uchun to‘lov turlari bo‘yicha: - bandlik agentliklari (nomzod tomonidan to‘lanadi); xodimlarni qidirish va saralash bo‘yicha agentliklar (buyurtmachi kompaniya tomonidan to‘lanadi). 5) tarmoq ixtisoslashuvi bo‘yicha: - keng miqyosdagi agentliklar; ixtisoslashgan agentliklar. 6) tanlangan xodimlarni yollash turi bo‘yicha: - doimiy ish uchun saralash agentliklari; vaqtinchalik ishga saralash agentliklari. 7) xizmat turlari bo‘yicha. 8) rekrutment texnologiyasi bo‘yicha: - standart qidiruv agentliklari (skrining agentliklari va klassik rekruting agentliklari); - to‘g'ridan-to‘g'ri qidiruv agentliklari. 9) tanlanadigan xodimlar darajasiga ko‘ra: - Yuqori lavozimlarga va eksklyuziv mutaxassislarni tanlashga ixtisoslashgan kompaniyalar (Executive Search Agency) - O‘rta va past darajadagi personalni tanlashga asoslangan agentliklar. 13.2. Yuqori lavozimlarga va eksklyuziv mutaxassislarni tanlashga ixtisoslashgan kompaniyalar (Executive Search Agency) Executive Search kompaniayalari - top-menejerlar va noyob mutaxassislarni izlash va jalb qilish, boshqaruv guruhlarini shakllantirishga ixtisoslashgan rekruting kompaniyasidir. 198 Bunday kompaniyalar deyarli hech qachon o‘zlarining bo‘sh ish joylarini e'lon qilmaydilar, balki to‘g'ridan-to‘g'ri nomzodlarni qidirishadi. Qoida tariqasida, faol ish izlamaydigan kuchli nomzodni aniqlash va ularni jalb qilish vazifalarini hal qilinadi. Executive Search texnologiyasidan asosida xizmat ko‘rsatgan birinchi kompaniya 1926 yilda Nyu-Yorkda tashkil etilgan (1998 yilgacha mavjud bo‘lgan) Thorndike Deland & Associates kompaniyasi hisoblanadi. ES kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyatlari: 1. Izlash ob'ekti. Haqiqiy ES-kompaniyalar mijoz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan strategik lavozimlar uchun menejerlarni topishga ixtisoslashadi. Agar qidiruv maqsadi kamdan-kam uchraydigan mutaxassis, o‘rta menejment, noyob maslahatchi yoki ijodiy ishchiga aylansa - bu, albatta, qidirish hisoblanadi, ammo ES emas. Shuningdek qidiruv texnologiyasi nafaqat top menejerlarni, balki boshqa mutaxassislarni ham topishga imkon beradi. 2. Ish texnologiyasi. ES kompaniyalarining boshqalardan farqi shuki, ular faoliyatida konsaltingning mavjudligi. Ularning ishi faqat qidirish, yollash va mehnat shartlarini muhokama qilish bilan cheklanmaydi. ES kompaniyasi mijozga o‘zi mavjud bo‘lgan barcha hududlaridagi bozor holati to‘g'risida maslahat beradi, ehtiyojlarni shakllantirishga, nomzodlar uchun vakolatlarni va talablarni tavsiflashga yordam beradi, menejerlarni professional baholaydi, direktorlar kengashlari va samarali boshqaruv guruhlarining tuzilishi va tarkibini shakllantiradi. Shu bilan birga, bunday kompaniyalarning asosiy maqsadi menejerni yollashdan iborat emas. Sababi, mijoz kompaniyaning top menejerga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda o‘z istiqbolli xodimini kerakli lavozimga ko‘tarishi maqsadga muvofiqroq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, menejerga umuman ehtiyoj yo‘qolishi mumkin, chunki biznes muammolarini boshqacha hal qilish imkoni bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ES kompaniyasi maslahatchisi, albatta, mijozga eng yaxshi variantni tavsiya qiladi, uning afzalliklari va unga bog'liq bo‘lgan xatarlar haqida aytib beradi. Advokatning ishiga juda o‘xshash. 3. Mukofot tarkibi. Aksariyat ES kompaniyalari haqiqiy doimo oldindan to‘lov tizimi asosida faoliyat yuritadilar. Odatda ES agentligining mukofoti bir necha qismdan iborat bo‘ladi. - birinchi qism dastlabki maslahat uchun majburiy oldindan to‘lov. - ikkinchi qism ko‘rib chiqishga tavsiya etilgan nomzodlarning "qisqa ro‘yxati" taqdim etilganda to‘lanadi. - uchinchi qism menejerni yollagan taqdirda to‘lanadi. 199 ESning dastlabki kunlarida agentlik komissiyalari nomzodlarning yillik ish haqining atigi 5 foizini tashkil etgan. Hozirgi kunda turli mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 25-35% oralig'ida o‘zgarib turadi. ES sanoatida maslahatchi faqat etuk, boshqaruv masalalarini chuqur biladigan tajribali odam bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Shundagina u mijozlarga boshqaruv guruhlarini shakllantirish va kadrlar bo‘yicha asosiy qarorlarni qabul qilish bo‘yicha malakali maslahat bera oladi va nomzodlar uchun esa - menejerlik faoliyati masalalarida haqiqiy vakolatli shaxs bo‘la oladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling