Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Murabbiyning maqsadi va vazifalari


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Murabbiyning maqsadi va vazifalari 


177 
Murabbiyning maqsadi - yangi xodimni imkon qadar tezroq 100% lik 
unumdorlikka olib chiqish. 
Moslashuv davrida murabbiyning asosiy vazifalari qo‘yidagilar 
hisoblanadi: 
1. Bo‘lim (bo‘lim) boshlig'i bilan birgalikda xodimga individual 
adaptatsiya rejasini tayyorlash. 
2. Xodimlar kollektivi bilan professional aloqalarni o‘rnatish. 
3. O‘z amaliy tajribalarini xodimga o‘rgatish va xodimning mijozga 
yo‘naltirilgan ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
4. O‘z bilimlari, ko‘nikmalari yordamida xodimni lavozim ishlarining 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish jarayonini tezlashtirish. 
5. Yangi ishchida mehnatga ijobiy munosabatni rivojlantirish va h.k. 
Murabbiylar yordamida adaptatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish 
1-BOSQICH. Kirish. Tayyorlash (1–3 kun) 
Yangi xodimlar (tinglovchilar) uchun moslashuvning ushbu 
bosqichida ish joyini, texnik jihozlarni va boshqalarni tayyorlashga 
qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. 
Shuningdek, murabbiy xodimning moslashish davri uchun shaxsiy ish 
rejasining loyihasini tayyorlaydi va tuzadi. Agar kerak bo‘lsa, ish uchun 
qo‘shimcha texnik jihozlardan foydalaniladi. 
2-BOSQICH. Tanishuv (1-2 kun) 
Ushbu bosqichning nomidan uning maqsadi ma’lum: bu vaqtda yangi 
xodim o‘z bo‘linmasining xodimlari bilan tanishadi. Bundan tashqari, ish 
joyining tayyorligi darajasi, kadr hujjatlarining tayyorlash tekshiriladi, 
xodim barcha ichki meyoriy hujjatlar va ishga qabul qilish uchun zarur 
bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan tanishib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish 
bo‘yicha ko‘rsatmalardan o‘tadi va hokazo. 
3-BOSQICH. Adaptitsiya. Yangi xodimni o‘qitish dasturi (1-3 oy) 
Bu asosiy bosqich: xodimga kasbiy masalalar tushuntiriladi, tashkiliy, 
axborot, kasbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, bu 
vaqtda yangi xodimning lavozimga tez va samarali kirishiga qaratilgan 
treninglar olib boriladi. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling